Google Glass Enterprise Edition aqlli ko‘zoynaklari taqdim etildi
04.08.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Alphabet xoldingi tarkibidagi yetakchi ishlab chiquvchi dasturchilar X bo‘linmasi tomonidan Google Glass Enterprise Edition deb atalgan, korporativ foydalanuvchilarga mo‘ljallangan aqlli ko‘zoynaklarning yangi varianti taqdim etildi.

2015-yil boshida Alphabet kompaniyasi Glass Explorer ko‘zoynaklarini individual foydalanuvchilarga emas, balki ularni korporativ iste’molchilarga yetkazib berishni davom ettirdi va yangiliklarni joriy etish amaliyotda mehnat samaradorligini oshirishiga ishonch hosil qildi. Ishlanmani ishlab chiqilishining davom ettirilishi qurilmani uzoq vaqt olib yurish uchun yengil va qulaylashtirdi. Ulardan foydalanish avtonom vaqtini uzaytirdi. Ko‘zoynaklar zamonaviy rusm bo‘lgan aksessuar jihozidan mutaxassisliklar qurilmasiga aylandi, dasturiy ta’minot asosida uning funksionalligi aniq bir vazifalarni bajarishga moslashtirildi. Masalan, DHL xodimlari ko‘zoynaklar yordamida real vaqt rejimida yuklarni joylash bo‘yicha ko‘rgazmali yo‘riqnomani oladilar, GE mutaxassislari esa texnologik jarayonlarni tushuntiruvchi rasm va videorolikli ilovalardan foydalanishlari mumkin. Ishlab chiqaruvchi Glass Enterprise Edition ko‘zoynaklarini endilikda «hamkorlik tarmog‘i vositasida ko‘p sonli korxonalarga taqdim etilishi» mumkinligini ta’kidlash bilan cheklanib, qurilmaning narxini ma’lum qilmagan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq