Ginness rekordlar kitobiga tushgan FORPHEUS — robot-murabiy
04.08.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Stol tennisini o‘rganish, reaksiya tezligini oshirish uchun mazkur ajoyib sport turi o‘yinchilari mashq qilishda yakka holda oddiy bir amaldan foydalanadilar: stolni 90 daraja burchakka to‘g‘rilab, qarama-qarshi tomondan zarbalarini mashq qiladilar.
Boshlang‘ich bosqichda stolni devorga tirash va «devor bilan tennis o‘ynash mumkin». Biroq XXI asrda bunday qilishning hojati yo‘q, sababi dastlabki FORPHEUS robot-murabbiysidan bir necha saboq olishning o‘zi kifoya qiladi. Mashinaning bu boradagi malakasiga ishonch hosil qilish uchun esa, FORPHEUS Ginness rekordlar kitobidan faxrli o‘rin egallaganligini qo‘shimcha qilish mumkin.
Shunisi qiziqki, robotnng funksionalligi haqiqatdan ham hayajonga soladi. O‘yin maydoni doirasida robot-murabbiyning harakatlanishiga harakat datchiklari va bir soniyada 80 kadrni suratga oladigan kameralar yordam beradi. Barcha qo‘shimcha qurilmalar yordamida robot tennis koptokchasining va opponent tanasi holatini kuzatadi, shuningdek, inson harakatini oldindan bilish qobiliyatiga ham ega. Bundan tashqari, robot to‘p uchib ketgan maydon uchastkasini yoritishi va shu tariqa, turli zarbalar hamda kombinatsiyalarni kuzatishi mumkin. O‘yinchi harakat gradatsiyasi dasturi sun’iy intellektga asoslangan bo‘lib, insonning tayyorgarlik darajasini baholashi va shunga muvofiq mashqlar dasturini tuzishi mumkin.