2017-yil oxiriga borib, Dubay ko‘chalarida patrul xizmatida robomobillar amal qiladi
04.08.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Joriy yil oxirida, Dubay shahri ko‘chalarida patrul-post xizmatida yangiliklar kutilmoqda. Shahar ko‘chalarida o‘zi boshqariladigan politsiya avtomobillari ishga kirishib, «noxush kimsalar» va jinoyatchi shaxslarni skanerdan o‘tkazish va tanib olish yordamida patrul xizmati vazifalari va funksiyalarini bajaradi.

Shahar ma’muriyati innovatsiyani joriy etishga katta e’tibor qaratmoqda. Bu yil yoz faslida Dubayda shahar ustida taksi-multikopterlar uchishi e’lon qilingandi. O‘zi boshqariladigan avtomobillar ko‘chalarni skanerdan o‘tkazib, biometrik dasturiy ta’mi­notdan foydalanib, shaharni to‘liq avtonom rejimda nazorat qiladi. Shahar ma’muriyati politsiya transportining mavjudligining o‘ziyoq jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun yetarli omil bo‘ladi, deb hisoblamoqda. Politsiya robomobili kiritilgan uchuvchisiz apparat sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, Dubay shahri politsiya punkti bilan bog‘langan holda shaharni nazorat qiladilar. Politsiya ehti­yojlari uchun robomobilni obyektlarni qo‘riqlash va patrul xizmati uchun to‘rt g‘ildirakli O-R3 avtonom robotini ishlab chiqqan Otsaw Digital singapur startapi yetkazib beradi. Dubay rahbariyatining rejalariga muvofiq 2030-yilda shaharning 25 foizga yaqin politsiya xizmatiga robot va robotlashtirilgan tizimlar yetkazib beriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq