UZMOBILE mobil laboratoriyasi: sifatni baholash va uzluksiz monitoring
27.07.2017
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Mobil aloqa milliy operatori va O‘zbekiston Respublikasi hududida aloqa xizmatlarining yetakchi yetkazib beruvchisi bo‘lgan UZMOBILE aloqani GSM/3G/LTE standartlarida ham, CDMA standartida ham taqdim etadi. Bozorda o‘z egallab turgan vaziyatini mustahkamlash maqsadida, operator tomonidan tarmoq bilan qoplab olish va aloqa xizmatlari sifatini yaxshilash uchun qator loyihalar ishlab chiqilgan. O‘z abonentlari bilan muloqot sifatida 27-iyul kuni jurnalistlar guruhi uchun UZMOBILE «Mobil laboratoriyasi» mikroavtobuslarida Toshkent shahri bo‘ylab tаnishuv sayohati tashkil etildi.

UZMOBILE – mamlakatimizning faol rivojlanuvchi mobil aloqa milliy operatori bo‘lib, unga milliy kompaniyaning mobil aloqa bozorida keng ishtirok etishi va O‘zbekiston mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.

Hozirgi davrda UZMOBILE tarmoqlarinig doimiy kengaytirilishi ishlari olib borilmoqda va mamlakat bo‘ylab yuzlab baza stansiyalari foydalanishga topshirilmoqda.

UZMOBILE ning mahalliy bozorda ajoyib jihatlaridan biri shundaki, u mobil aloqani GSM/3G/LTE standartlarida ham, CDMA-450 standartida ham taqdim etadi. UZMOBILE 2016-yilda o‘z abonentlari uchun cheksiz muloqot sharoitini yaratish maqsadida, GSM va CDMA tarmoqlari ichki muloqotlarini birlashtirdi.

2017-yilda mamlakat bo‘yicha nafaqat viloyat, balki tuman markazlarida tarmoqlarni yanada yaxshilash va kengaytirish uchun 1500 ta yangi baza stansiyalarining qurilishi va foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida taqdim etilayotgan aloqa xizmatlarining sifatini baholash uchun UZMOBILE – CDMA/GSM mobil aloqa barcha standartlari aloqa xizmatlari sifatini testdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan o‘lchov uskunalarini yetkazib beruvchi fin kompaniyasi An ite Finland Ltd. mahsulotlarini foydalanishga kiritdi.

2016-yilda Anite Ltd. fin kompaniyasidan ajoyib uskuna sotib olindi, DMTel kompaniyasi esa UZMOBILE mutaxassislari uchun Anite Nemo Outdoor drayv-testdan o‘tkazish tizimlari bo‘yicha treninglar seriyasini va Anite Nemo Analyze postprotsessingini o‘tkazdi hamda shunga muvofiq sertifikatlar topshirdi.

«O‘zbekiston Respublikasi hududida taqdim etiladigan aloqa xizmatlari sifatini baholash va uzluksiz monitoringini o‘tkazish kompaniyaning muhim vazifalaridan biri bolib hisoblanadi.deydi UZMOBILE texnik direktori, Melnikov Sergey – Shu maqsadda Anite Finland Ltd. kompaniyasidan CDMA/GSM  mobil aloqaning barcha standartlarida aloqa sifatini  testdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan UZMOBILE o‘lchov uskunalari kompleksi bazasida «Mobil laboratoriyasi» loyihasini amalga oshirdik, uning doirasida, muntazam ravishda, butun respublika bo‘yicha CDMA/GSM tarmoqlarida o‘lchov xizmatlari va testdan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi».

Abonentlar murojaati, kompaniya tijorat va marketing xizmatlari arizalari  bo‘yicha «Mobil» laboratoriyasi mikroavtobuslari muntazam ravishda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lga tushadi hamda tarmoqlar holati monitoringini o‘tkazadi. Mazkur o‘lchovlar natijasida tarmoqni optimallashtirish bo‘yicha, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirilgan  zarur chora-tadbirlar o‘tkaziladi, zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha uskunalar o‘rnatiladi.  Asosiy maqsad – sifatni baholash va uzluksiz monitoring o‘tkazishdan iborat.

2016-yilda «DMTel»  kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan Toshkent shahri hududida mobil aloqa asosiy tarmoqlari  texnik ko‘rsatkichlari va servislar sifatini mustaqil qiyosiy baholash natijalariga ko‘ra, UZMOBILE ovozli servislar sifati bo‘yicha eng yaxshi natijaga erishdi hamda  Toshkent shahri hududida o‘z abonentlarini ovozli servislar va ma’lumotlar uzatish servislari eng yaxshi sifati bilan ta’minlovchi operator nomini olishga muyassar bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida aloqa xizmatlari sifatining doimiy monitoringi yondashuvidan foydalanib, UZMOBILE joriy yilning o‘zidayoq  servislarning yangi sifati darajasiga ko‘tariladi, bu esa so‘zsiz, tarmoq sifatining ham, mobil aloqa sohasining ham rivojlanishiga yordam beradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq