AKT vazirligida uchrashuv
21.07.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

20 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining infratuzilma, kadrlar resurslari va texnologiyalar masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi X.Qayumiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikkitaraflama aloqalarni rivojlantirish, xususan yuqori tezlikdagi tranzit aloqa kanallari, ikkala mamlakatdagi aloqa operatorlaridagi xalqaro trafik hajmini oshirish, xalqaro Internet tarmog‘iga yuqori tezlikda ulanishni tashkillashtirish, AKT sohasida kadrlarni tayyorlash va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq