O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish uchun AKTdan faol foydalanish lozim
19.07.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

18 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Qabul qilingan hujjatning birinchi bandid keltirilishicha:

“birinchidan, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish;”

Aynan shuning uchun Davlat soliq qo‘mitasi Farmonga asosan 2018 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarga quyidagi vazifalar belgilab berildi:

soliq to‘lovchilarga davlat soliq xizmati organlarining barcha davlat xizmatlaridan, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron foydalanish imkoniyatini ta’minlasin;

soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq nazoratini takomillashtirish maqsadida soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga taqdim etiladigan axborotning mazmunini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin;

barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, shu jumladan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, statistika, adliya, prokuratura organlari, sudlar, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK korxonalarining soliq organlarining Yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin;

tadbirkorlik sub’ektlarini elektron raqamli imzo bilan to‘liq ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

18 iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni to‘liq matni bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq