UZMOBILE Milliy operatori O’zbekiston yoshlari uchun «ZiyoNet» xizmatini taqdim etmoqda
18.07.2017
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

O’zbekiston milliy mobil aloqa operatori o’sib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan, axborot ta’lim tarmog’i resurslariga ulanish imkonini beruvchi yangi «ZiyoNET» xizmatini taqdim etmoqda. Xalqaro tajriba ko’rsatmoqdaki, internet-texnologiyalarining ulkan qulayliklari bo’lishiga qaramay, internet tarmog’ida aksar yoshlar turli xavflarga, yod g’oyalar, zo’ravonlik, ekstremizm va boshqa salbiy targ’iboti ta’siriga tushib qolishadi.

O’z farzandlarini himoyalash uchun ota-onalar ko’p hollarda farzandlariga internetga ulanishni ta’qiqlab qo’yishadi. Bu esa, bolani global tarmoqning foydali tomonlari – ta’limiy, ma’rifiy resurslar, elektron kutubxonalar imkoniyatlaridan foydalanishiga to’siq bo’ladi. Shuningdek, tarmoq orqali o’z iqtidorini namoyish etish, o’zini qiziqtirgan mavzularda tajriba orttirish va almashish, mamlakat va xorijda sodir bo’layotgan so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lish imkoniyatidan ham mahrum bo’ladi.

Internetning foydali jihatlarini va mavjud xatarlarni tushunuvchi ota-onalar ham bor. Bunday toifa foydalanuvchilar odatda turli “qora ro’yxat”ga tushgan resurslarni ta’qiqlash imkonini beruvchi “ota-ona nazorati” tizimlaridan foydalanishadi. Biroq bu usul har doim ham o’zini oqlayvermaydi. Birinchidan, bir kunni o’zida internetda minglab zararli saytlar paydo bo’ladi, tizim bu resurslarning hammasini to’sib qolishiga kafolat yo’q. Ikkinchidan, hozirgi bolalar texnologiyalarni hatto ota-onalaridan ham yaxshi tushunishadi va ular belgilangan cheklovni chetlab o’tishlari mumkin.

O’sib kelayotgan avlod uchun internetda xavfsiz muhitni yaratish, ta’limiy, ma’rifiy va boshqa foydali saytlarga bog’lanish imkonini berish, ularning ongi va sog’lig’iga zarar keltiruvchi axborotlar ta’siridan samarali himoya qilish, shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribalaridan kelib chiqib, UZMOBILE milliy aloqa operatori maxsus tarif rejalari seriyasi hamda foydali kontentga mobil aloqa tarmog’i orqali xavfsiz ulanishning qo’shimcha xizmatlarini joriy qildi.

Mazkur xizmat va tariflar «ZiyoNET» imtiyozli tarif rejasining uchun bir necha yillar davomida ta’lim, axborot-kutubxona va boshqa ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari uchun joriy qilib kelinishi tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqildi.

Mazkur tarif planlari doirasida “ZiyoNET” tarmog’ining “oq ro’yxati”, ya’ni fan-ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy va hokazo bilim olishga doir milliy va chet el internet resurslarini o’z ichiga olgan yagona axborot resurslari reestridan (YaARR) foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Bu tariflarni joriy etishda ularning yoshlarbopligidan tashqari, hamyonbopligiga ham urg’u berildi.

“ZiyoNET” tarif planlariga ulanuvchilar faqat YaARRga kiritilgan tashqi saytlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Natijada istalgan UZMOBILE abonenti milliy ta’lim tarmog’idan smartfoni vositasida imtiyozli foydalana oladi.

Ayni paytda YaARRga ta’lim, madaniyat, sport, biznes, tibbiyot, ko’ngilochar yo’nalishlardagi qariyb 3 ming resurs kiritilgan, “eng kichik yoshlilar” uchun alohida kategoriya mavjud. Bu ro’yxat milliy va xalqaro internet segmenti tahlillari hamda foydalanuvchilarning takliflari asosida doimiy yangilanib turadi.

Mazkur tashabbus tashkilotchilari foydalanuvchilarni yoshlar uchun qiziqarli va foydali resurslarni taklif etishga hamda o’zlarining shu yo’sindagi axborot-bilim resurslarini yaratishga chorlaydi. Buning uchun portali doirasida o’z veb-saytini mutlaqo bepul yaratish imkoniyati beriladi.

Mazkur xizmatning yo’lga qo’yilishi 2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi va Davlat yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir natijasidir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq