«O‘zbektelekom» AK bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida butun O‘zbekistondan 3000dan ortiq bola dam oladi
17.07.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

14-iyul kuni «O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali “Aloqachi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oluvchi bolalar o‘rtasida quvnoq estafeta, futbol va voleybol bo‘yicha spartakiada, shuningdek, bolalar rasmlari hamda «Mening oilam» mavzusida insho tanlovi bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali kasaba uyushmasi tomonidan g‘oliblar va sovrindorlarga diplom, faxrli yorliq hamda sovg‘alar topshirildi.

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo mintaqaviy filiallari va “TShTT” filialiga qarashli to‘rtta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga ega.

«O‘zbektelekom» AK Buxoro filialiga qarashli “Yosh alo?achi”bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi quyidagi manzilda joylashgan: Buxoro viloyati, Buxoro shahri chegarasidagi Mohixosa qishlog‘i. Yoz faslida mazkur oromgohda 480 bola dam oladi.

«O‘zbektelekom» AK «TShTT» filialiga qarashli “Aloqachi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Soyliq qishlog‘i. Bu yilgi mavsumda dam olishning to‘rt davri mobaynida 1400 nafar bola dam oladi, shu jumladan, dam olishning 1 va 4- davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan 120 nafar bola dam oladi.

«O‘zbektelekom» AK Jizzax filialiga qarashli “Aloqachi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi quyidagi manzilda joylashgan: Jizzax viloyati, Zomin tumani, Yetti Kechuv qishlog‘i. Bu yerda dam olish mavsumining to‘rt davri mobaynida 480 nafar bola dam oladi.

«O‘zbektelekom» AK Qashqararyo filialiga qarashli “Aloqachi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi quyidagi manzilda joylashgan: Qashqararyo viloyati , Kitob tumani, Qaynar qishlog‘i. Bu yerda dam olish mavsumining to‘rt davri mobaynida 480 nafar bola dam oladi.

«O‘zbektelekom» AK ga qarashli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olish mavsumining to‘rt davri mobaynida O‘zbekistonning barcha mintaqalaridan 3000 nafar bola dam olib, o‘z salomatliklarini mustahkamlaydilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq