Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat standartlari tasdiqlandi va amalga kiritildi
13.07.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Quyidagi O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari amalga kiritiildi.

O‘z Dst 3183:2017 “Telekommunikatsiyalar tarmoqlari. Passiv optik foydalanish tarmoqlari uskunasi. Umumiy texnik talablar” “O‘zstandart” agentligining 2017 yil 19 maydagi 05-847-son qarori bilan tasdiqlandi va cheklanmagan muddatga amalga kiritildi. (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil 22 iyundagi 294- son buyrug‘i);

O‘z Dst 3184:2017 “Telekommunikatsiyalar tarmoqlari. Avtomatik ravishda kommutatsiyalanadigan optik tarmoqlarni ma’muriy boshqarish strukturasi. Umumiy talablar” davlat standarti “O‘zstandart” agentligining 2017 yil 26 maydagi 05-848-son qarori bilan tasdiqlandi va cheklanmagan muddatga amalga kiritildi. (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 21 iyundagi 289- son buyrug‘i).

O‘z Dst 3183:2017 Passiv optik foydalanish tarmoqlarining har xil turdagi uskunalariga qo‘yiladigan umumiy texnik talablarni belgilab beradi.

Ushbu standart talablari ishlab chiqiladigan, tayyorlanadigan, modernizatsiya qilinadigan, import qilinadigan va foydalaniladigan xPON uskunasiga taalluqli va sertifikatlashtirishda foydalanish mumkin.

O‘z Dst 3184:2017 Avtomatik ravishda kommutatsiyalanadigan optik tarmoqlarni ma’muriy boshqarishga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilab beradi.

Ushbu standart talablari Avtomatik ravishda kommutatsiyalanadigan optik tarmoqlarni ma’muriy boshqarish uchun zarur identifikatorlarga tegishlidir.

Mazkur davlat standartlar bilan batafsil stt.unicon.uz saytida tanishish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq