AKT vazirligi va SAP o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
11.07.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

10 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «SAP SNG» kompaniyasi o‘rtasida respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida hamkorlik bo‘yicha Memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida tomonlar AT-xizmatlar eksportini oshirish va yuqori texnologik loyihalarni joriy qilishda SAP Alyans Universiteti vositasida AKT sohasida kadrlar tayyorlash, SAP xalqaro tajribasini o‘rtoqlashish va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar uchun SAP yechimlari bazasida zamonaviy billing tizimini joriy etish, iqtisodiyot sektorini raqamlashtirish va boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

30 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Mazkur hujjat axborot texnologiyalari mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va buyurtmachilariga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar taqdim qilinishi hisobiga AKTdan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochdi.

Farmonda belgilangan vazifalarni samarali ijro etish maqsadida, imzolangan memorandum SAP yechimlarini O‘zbekiston Respublikasi ichida joriy qilish va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek mazkur xizmatlarni boshqa mamlakatlarga eksport qilishda mahalliy hamkorlar va integratorlarning kelgusida loyihalarda ishtirok etishi tahlilini shakllantirishga ko‘maklashadi.

1972 yilda tashkil etilgan SAP kompaniyasi korxonalar uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish sohasida dunyoning yetakchilaridan biri hisoblanadi. Bozordagi kapitalizatsiyasi bo‘yicha SAP mustaqil dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar orasida yirikligi bo‘yicha dunyoda uchinchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniyaning 180dan ortiq mamlakatda 350 mingdan ziyod buyurtmachisi bor, 15 ming hamkor-kompaniyalar bilan ishlaydi va 100dan ortiq innovatsiyalar va rivojlanish markazlariga ega. Xodimlar shtati 85 mingdan oshadi va ular 130dan ortiq mamlakatlarda ishlaydi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning yillik daromadi 22 mlrd yevrodan ortiqni tashkil etgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq