Temir yo‘l sohasida AKTni rivojlantirib
10.07.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2017-yilning 4-iyulida “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirilishini amalga oshirish doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Markaziy apparati o‘quv-metodik rejasiga ko‘ra, vazirlik hamda tashkilotlar bilan tajriba almashish maqsadida, vazirlik va tashkilotlarning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘linmalarining haftalik sayyor kollegial-seminari tashkil qilindi.

Tadbirda davlat organlari hamda xo‘jalik boshqaruv sub’ektlari AT bo‘linmalarining 60 ga yaqin rahbar va mutaxassislari, shuningdek “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining mutaxassilari ishtirok etishdi.

Tadbirda Axborot xavfsizligini ta’minlash va uni rivojlantirish boshqarmasining boshlig‘i U.N, Ibragimov “AKTni “O‘zbekiston temir yo‘llari AJda rivojlanishi hamda bu sohada erishilgan muvafaqqiyatlar” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Shuningdek, seminarda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining direktor o‘rinbosari Sh.Sh.Qayumov va Ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining boshlig‘i I.E.Nasrullayevlar tizimning afzalliklari hamda xususiyatlari haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berishdi.

Tadbir ishtirokchilari Davlat rahbari tomonidan belgilangan AKT sohasini rivojlantirishning asosiy maqsad va vazifalari, vazirlik hamda tashkilotning AKT bo‘yicha bo‘linmalarining o‘zaro samarali aloqasini yo‘lga qo‘yish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishda qo‘llash, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishning takomillashtirish yo‘nalishlari bilan tanishishdi.

Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Yagona dispetcher markazi, Signalizatsiya va aloqa boshqarmasini nazorat qilish markazi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning yo‘lovchi hamda yuklarni tashish, shuningdek poyezdlar xavfsizligini ta’minlash orqali “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning zamonaviy AKTni qo‘llash orqali maqbul faoliyatini ta’minlovchi Axborot-hisoblash katta mashinalar zaliga ekskursiya o‘tkazildi.

Ekskursiyada seminar ishtirokchilari temiryo‘l transporti faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish hamda ulardan foydalanish jarayoni bilan tanishishdi. Temir yo‘l aksionerlik jamiyati mutaxassislari tomonidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tadbir yakunida an’anaga muvofiq esdalik uchun suratga tushildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq