AKT haftaligida ishtirok etishning yana bir afzalligi
08.07.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

5 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining “ICTWEEK Uzbekistan” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

AKT Haftaligi O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy mahsulotlar bozori rivojlanishini rag‘batlantirish, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish natijasida yuzaga kelgan ustunlik va imkoniyatlar, yutuqlarni namoyish etish, erishilgan amaliy natijalarni muhokama qilish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida o’tkaziladi.

Qarorga ko‘ra, davlat va boshqaruv organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlariga AKT Haftaligi doirasida belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mahalliy kompaniyalar – AKT Haftaligi ishtirokchilari bilan axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazasi va boshqa dasturiy mahsulotlar sotib olish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolashga ruxsat berilgan.

Bir oy muddat ichida AKT Haftaligi doirasida tuziladigan shartnomalar reyesrini ro‘yxatga olish va yuritish tartibini o‘z ichiga olgan qoida tasdiqlanadi.

ICTWEEK Uzbekistan 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 18-22 sentyabr kunlari o‘tkaziladi. Ushbu haftalik odatdagidek bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq