O‘zbekiston operatorlari va Internet-provayderlari bilan uchrashuv!
04.07.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasida O‘zbekiston operatorlari va Internet-provayderlari bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda «O‘zbektelekom» AK bo‘linmalari va provayderlari o‘rtasida yanada yaqin o‘zaro munosabat hamda barcha internet-texnologiyalar sohalarida xizmat ko‘rsatuvchi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda “O‘zbektelekom» AK tomonidan hal etilishi talab etiladigan mavjud muammo va masalalar, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik hamda Kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati va hajmini kengaytirish masalalari muhokama etildi.

«Ish bо‘yicha uchrashuv davrida hamkorlarimiz bo‘lgan operator va internet-provayderlar o‘rtasida Kompaniya bilan hamkorlikdan ular qay darajada qoniqishlari, qanday muammo va masalalar mavjudligi haqida so‘rovnoma o‘tkazildi – deydi “O‘zbektelekom» AK marketing va savdo bo‘yicha Direktor Yevgeniy Vishnevskiy – muloqotlar orqali hamkorligimizni kengaytirish va biznesni rivojlantirish uchun yanada samarali hamda o‘zaro manfaatli sharoitlarni taklif etamiz. Bizni taklif etilgan sharoitda ishlashga majbur etadigan monopolist emas, balki ishonchli hamkor sifatida qabul qilishlarini juda ham xohlardik».

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi o‘z tarmog‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarini qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan o‘zining telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanib, Kompaniya telekommunikatsiya xizmatlarining keng turlarini taqdim etadi.

Kompaniya iqtisodiy faoliyatining asosi respublikamizning barcha hududlaridagi iste’molchilarga telekommunikatsiya xizmatlarining keng turlarini taqdim etish bo‘lib hisoblanadi. Kompaniya simli va simsiz texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy ma’lumotlar uzatish xizmatlarini taqdim etadi. Shu bilan bir qatorda, kompaniya boshqa operatorlar va aloqa provayderlarini birlashtirish hamda operatorlarga kanallarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq