Farmonda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qilishga taklif etamiz
03.07.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yil 5 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish sohasidagi ekspertlar ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kuni kecha qabul qilingan “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda belgilangan vazifalar ijrosining mexanizmlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Shu sababli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatimizda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va uning eksporti bilan shug‘ullanuvchi barcha manfaatdor shaxslarni, Farmonda belgilangan vazifalarning bajarilish mexanizmini mumkin qadar optimallashtirish va soddalashtirish yo‘llarini muhokama qilishga taklif qiladi.

Muhokama joriy yil 5 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida (Toshkent sh. Ziyolilar ko‘chasi 9-uy) soat 9:30 boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq