Yandeks.Metrika tahliliy tizimida ma’lumotlar taqdim etilishi tamoyillari
02.07.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Yandeks.Metrika tashrif buyuruvchilar maxfiyligini saqlash haqida qay­g‘uradi va yig‘ilgan ma’lumotni noshaxsiyligini saqlab qoladi. Shuning uchun ba’zi ma’lumotlar, misol uchun, ijtimoiy-demografik (jins, yosh va boshqalar) ma’lu­motlarni chegaralangan tartibda taqdim etadilar. Bu ma’lumotlar tashrif buyuruvchilar soni kamida 10 nafarni tashkil etganda taqdim etiladi.

Misol uchun, kunlik tashrif buyuruvchilar ichida erkaklar necha kishini tashkil etishini aniqlash kerak. Hisobot tu­zilgan vaqtda saytga 5 kishi tashrif buyur­gan (10dan kam). Bunday sharoitda sayt hisoboti kunlik tashrif buyurganlarning umumiy soni haqida ma’lumotni mujassamlashtiradi, ammo tashrif buyurganlar jinsi haqida ma’lumot taqdim etilmaydi.

Hisobotlar ko‘rinishi — hisobotlar guruhi

Tashriflar. Saytga tashriflarning umu­miy xaritasi va dinamikadagi konversiya.

Manbalar. Tashrif buyuruvchilarni saytga keltiruvchi manbalarga asosan tashriflarni taqsimoti: reklamali e’lon, qidiruv so‘rovi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar.

Tashrif buyuruvchilar. Tashrif buyu­ruvchilar tavsifining tahlili: mintaqa, jinsi va yoshi, qiziqishlari, saytga tashrif buyurish­larning soni va davomiyligi va boshqalar.

Mohiyat. Tashrif buyuruvchilarning sayt kontenti bilan o‘zaro aloqasi:

  • Alohida sahifalarga tashriflar;
  • Tashriflar boshlanadigan va tugaydigan sahifalar;
  • Sahifalar URLsining parametrlari;
  • Tashqi havolalardan o‘tishlar;
  • Fayllar yuklovi;
  • Tashrif buyuruvchi tomonidan amalga oshirilgan buyurtmalar va ularning bahosi, shuningdek, tashriflarning ixtiyoriy para­metrlari (agar muallif hisoblagichni Met­rikaga ushbu ma’lumotlarni taqdim etadigan qilib modifikatsiya qilgan bo‘lsa).

O‘zini tutish (xulq). Saytga tashrif bu­yuruvchi ortidan kuzatuv:

  • Harakatni video-formatda taqdimi;
  • Web-formalar to‘ldirilish jarayonining batafsil tahlili;
  • Havolalar, kliklar, sahifalar aylanishi va boshqalardan o‘tishlarning vizual xaritasi.

Texnologiyalar. Foydalanuvchi tomonidan foydalaniladigan qurilmalar, ope­rativ tizimlar, brauzerlar va boshqa dasturiy ta’minot haqida ma’lumot.

Monitoring. Saytning hammabopligi va saytga yuklama monitoringining natijalari.

Maqsadli qo‘ng‘iroq. Saytga o‘tib kelgan yoki turli manbalardan raqamni olgan potensialga ega mijozning qo‘ng‘iroqlar statistikasi. Maqsadli qo‘ng‘iroq qurilmasi foydalanuvchilarga ochiqdir.

Elektron kommersiya. Foydalanuvchi­ning saytining tovar va buyurtmalarning umumiy va detallashtirilgan axboroti (internet-do‘kon), misol uchun:

  • Savatga qo‘shilgan va sotib olingan tovarlar miqdori;
  • Barcha buyurtmalardan foyda, bitta bu­yurtmadan foyda;
  • Yanada foydali buyurtmalar kelib tushadigan manbalar.

«Tashriflar» hisoboti. Hisobot vaqt oqimiga qarab tashriflarning umumiy tasvirini taqdim etadi.

Belgilangan vaqt oralig‘idagi ko‘rsat­kichlar gistogramma ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.

1-rasm. Belgilangan vaqt oralig’idagi ko‘rsatkichlarning gistogrammali hisoboti

«Svodka» (ma’lumot) hisoboti. Saytga bo‘lgan har bitta tashrif o‘zining manbaiga ega. Metrika barcha manbalarni bir qancha guruhlarga to‘playdi:

To‘g‘ri o‘tishlarni saytning manzilini qo‘lda tergan yoki brauzer ilovalarida o‘tib keluvchi tashif buyuruvchilar amalga oshiradilar;

Saytdagi havolalar orqali o‘tishlar tashrif buyuruvchilarni muallifning saytiga keltiradi va sayt manzilini havola bilan referrer sifatidan qoldiradilar;

Qidiruv tizimlaridan o‘tishlar qidiruv amalga oshirilganda taqdim etilgan havolalar yordamida amalga oshiriladi. Metrika ko‘plab Rossiya va xorijiy qidiruv tizimlarini aniqlaydi. Qidiruv tizimining nomi bilan birgalikda, qoidaga ko‘ra, qidiruv jumlasi ham qayd qilinadi;

Ijtimoy tarmoqlardan o‘tishlar ijtimoiy tarmoq orqali saytga havolalar yordamida o‘tiladi. Ko‘plab ijtimoy tarmoqlar havolalarni joylashtirgan foydalanuvchilar yoki guruhlarni aniqlash imkonini beradi;

Reklama orqali o‘tishlar Yandex (Direkt, Market), mediyali maydonlar, shuningdek, UTM, Openstat, Google AdWords kabi bir qator «belgilar» kabi reklamali servislar uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bu kabi axborotni «Rek­lamali tizimlar» hisobotida olish mumkin;

Saqlangan sahifalardan o‘tishlar havola bo‘yicha o‘tishlar kompyuterda lokal saqlangan havola orqali o‘tishni anglatadi (odatda quyidagi ko‘rinishdagi referrerga ega bo‘ladi C:\\Documents\User\page.html).

Ichki o‘tishlar ro‘yxatga olinadi (agarda foydlanuvchining saytdagi taym-autda ko‘rsatilgan faolligi katta vaqt oralig‘iga uzilsayu, ammo foydalanuvchi brauzerni yopmasa). Keyin esa faollik yangilanadi foydalanuvchining yangi «tashrif»i yaratiladi, manba sifatida ushbu tip ko‘rsatiladi;

Elektron pochta qutisi tarqatmalari or­qali o‘tishlar bu foydalanuvchining o‘tish­lari elektron pochta qutisidagi xat orqali amalga oshirilganini bildiradi. Bunday o‘tishlarning yanada aniq hisobini olish uchun pochta qutisiga keluvchi shu kabi havolalar UTM metkalariga (utm_source= email ili utm_source=e-mail mavjud) yoki Openstat (o‘zida birinchi yoki oxirgi e-mail yoki e-mail). Ba’zi hollarda manba aniqlanmay qolishi mumkin;

Ichki o‘tishlar foydalanuvchining saytda tashrifi vaqti tashriflarda belgilangan taym-autidan oshib ketsa, ro‘yxatga oladi, ammo foydalanuvchi brauzer oynasini yopmaydi. So‘ngra qayta yuklash orqali yangi «tashrif» ro‘yxatga olinadi, ushbu tashrif uchun ushbu tip manba sifatida belgilanadi;

Pochta qutisidagi tarqatmalardan o‘tishlar foydalanuvchi o‘tishi elektron pochta qutisi orqali amalga oshirilganini bildiradi. Bunday o‘tishlarning aniq qaydi uchun pochta qutisidagi havolalarga UTM belgisini qo‘yish kerak bo‘ladi (bularda utm_source= email yoki utm_source=e-mail) yoki Openstat (ularda ilk yoki so‘nggi email yoki e-mail) yoki from=email (yoki e-mail);

Ba’zi hollarda manba aniqlanmagan bo‘lishi ham mumkin.

HTTPS protokoliga ochiq bo‘lgan sayt­lardan o‘tishlarni servis To‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishlar guruhiga kiritadi. Metrika saytga o‘tishning bunday manbaini to‘g‘ri aniq­lashi uchun utm_referrer belgi(metka)si­dan foydalaning.

Ma’lumot(svodka)da ushbu guruhlar bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar keltirilgan.

«Qidruv tizimlari» hisoboti. Muallifning saytiga yetaklab kelgan qidiruv tizimlari reytingini o‘zida ifoda etadi. Har bir qidiruv tizimi uchun, tashrif buyuruvchilar qidiruvlar natijasida Muallifning saytiga havolani topgan qidiruv iborasi ochiqdir.

«Ijtimoiy tarmoqlar» hisoboti. Hisobot ijtimoiy tarmoqlardan o‘tishlar haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi, bunday tashrif buyuruvchilarning o‘zlarini tu­tishlari kuzatish hamda konversiya ko‘rsatkichlarini o‘lchash imkonini beradi.

2-rasm. Svodka, manbalar tahlili

Diagramma eng yirik ijtimoiy tarmoq­lar — manbalar bo‘yicha ma’lumotlarni aks ettiradi. Hisobotda muallifning saytiga havolani joylashtirgan, ijtimoiy tarmoq­ning alohida guruhlari va foydalanuvchilari bo‘yicha bo‘lingan batafsil statistika taqdim etilgan (bunday bo‘linganlikni qo‘llab-quvvatlaydigan (ushlab turadigan) ijtimoiy tarmoqlar uchun).

3-rasm. Qidiruvtizimlari hisoboti

Tashrif buyuruvchining o‘zini tu­ti­shining tahlili:

  • Web chaqiruv;
  • Chaqiriqlar xatirasi;
  • Havolalar xaritasi;
  • Skrolling xaritasi;
  • Shakllar tahlili.

Webvizor. Webvizor texnologiyasi Yandeks.Metrikaning foydalanuvchilariga o‘z saytlarida tashrif buyuruvchilarning o‘zlarini tutishlarini sifat jihatidan yangi darajada tahlil qilish imkonini beradi. Sayt egasi tashrif buyuruvchining harakatlarini videoformatida tasvirlashi mumkin, ular buni na­vigatsiyani amalga oshirishlari kabi har bir sahifada qo‘llaydilar, sichqoncha kursorini siljitadilar, havolalar bo‘ylab chaqiradilar. Tashrif buyuruvchilar o‘zlarini tutishlarining ba­tafsil tahlili navigatsiya, mantiq (logika) va yuza­bilitidagi muammolarni aniqlashda, natijada esa — saytning konversiyasini oshi­rishda yordam beradi. Ushbu ma’lumotlar ochiq bo‘lishi uchun Webvizorni ulash va sozlash lozim.

Saytni qanday qilib tahlil qilish ke­rak. Webvizor tizimi tomonidan to‘plangan ma’lumotlarni hattoki oddiygina ko‘rib chiqilishi ko‘p narsalarni, ya’ni tashrif buyu­ruvchilar saytdan qanday foydalanishlari, ular qanday murakkabliklarga duch kelayotganliklari, nima uchun u yoki bu harakatlarni bajarayotganliklarini bilib olish imkonini beradi. Tashrif buyurishlarning ko‘plab miqdori yig‘ilganda, ularning hammasini o‘rganib chiqishdan ma’no yo‘q. Foydala­nuvchilarning fokus-guruhlarini shakllantirish, ular bo‘yicha tanlanmalar qilish va har bir guruh ichidagi axloqni tahlil qilish lo­zim. Buning uchun zarur bo‘lgan quyidagi barcha vositalar mavjud:

  • Har bir tashrifni eng batafsil tafsilotlari: trafik manbai, reklama kampaniyasi, qidiruv so‘rovi, avvalgi tashrif vaqti va boshqalar;
  • Filtrlarning qudratli tizimi tashrif bu­yurishlarni har qanday parametrlar va ularning birikmalari bo‘yicha segmentlashtirish imkonini beradi;
  • Maqsadlarni belgilash mexanizmi boshqalaridan konversiya sodir bo‘lgan tashriflarni ajratish imkonini beradi.

4-rasm. Ijtimoiy tarmoqiar hisoboti

Aynan nimani tahlil qilmoq kerak.
Birinchi navbatda, saytning kalitli sahifa­la­rida tashrif buyuruvchilarning o‘zlarini tutishlariga e’tibor bering. Bular tashrif buyuruvchi kalitli harakatlarni amalga oshi­radigan yoki muhim qaror qabul qiladigan sahifalardir. Bunday sahifalarga:

  • Kirish sahifalari. Reklama e’lonlari olib boradigan sahifalarga alohida e’tibor qaratish lozim.
  • Qidiruv shaklli sahifa (tovarlar, para­metrlar bo‘yicha tanlash).
  • Tovar katalogi sahifasi.
  • Tovar kartochkasi.
  • Savat (korzina) sahifasi.
  • Buyurtmani rasmiylashtirish sahifasi.
  • To‘lov sahifalari kiradi.

Shuningdek, quyidagi jarayonlarga alohida e’tibor qaratmoq lozim: buyurtmani ro‘yxatga olish yoki rasmiylashtirish jara­yoniga. Webvizor yordamida misol uchun, ro‘yxatga olishning qaysi qadamida sayt tashrif buyuruvchilarni yo‘qotayotganligini va buyurtma rasmiylashtirilishida naviga­tsiya shaffof yoki shaffof emasligini bilib olish mumkin. Tashrif buyuruvchilarning o‘zlarini tu­tishlari tahlilini klik va havolalar xa­rita (karta)lari bilan to‘ldirgan holda, tashrif buyuruvchilar saytda o‘zlarini qanday tuta­yotganliklari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘linadi.

Kliklar xaritasi bu — Muallifning saytidagi kliklar bo‘yicha statistikani o‘lchash va aks ettirish vositasidir. Xarita kliklarni sahifaning barcha elementlari bo‘yicha aks ettiradi (shu jumladan, havola bo‘lmaganlari bo‘yicha ham). Kliklar xaritasi sayt yuzabilitisini baholash, chaqiriqboproq elementlarni aniqlash, dizaynning qaysi elementlari saytlar tashrif buyuruvchilariga, lekin bunday bo‘lmasada, havola bo‘lib tuyulishini aniqlashga yordam beradi. Kliklar xaritada, ularning chastotalaridan kelib chiqqan holda, turli ranglar bilan yoritiladi. Sahifaning ostidagi panelda sahifadagi kliklarning umumiy soni hamda muallifga ko‘rinadigan joriy maydonga tushgan kliklarning ulushi ko‘rsatiladi. Foydalanuvchi xaritani aks ettirishning bir necha rejimlaridan foydalanishi mumkin:

  • «Issiqlik xaritasi» — iliq ranglar tez-tez bo‘ladigan chaqiriqlarga, sovuqroqlari esa — kamdan-kamlariga to‘g‘ri keladi.
  • «Monoxrom xarita» — rang zichligi mazkur nuqtadagi kliklar chastotasiga to‘g‘ri keladi.
  • «Havola va tugmachalar bo‘yicha klik­lar» — havola yoki tugmachalar bo‘l­magan elementlar bo‘yicha kliklar xaritada aks ettirilmaydi.
  • «Shaffoflik xaritasi — kliklar xaritasi «tumanli niqob» kabi aks ettiriladi: chaqiriqboproq elementlar «tuman» ichra aniqroq ko‘rinadi.
  • «Elementlar xaritasi» — xaritada sayt sahifasining barcha elementlari aks ettiriladi.

1-jadval. Brauzerlarda xaritani aks ettirish uchun qiymatlar

Ma’lumotlarni iframe’da ko‘rsati­lishi. Agarda muallifning sayti iframe da ko‘rsatishdan himoyalangan bo‘lsa (ya’ni serverni sozlashlarda X-Frame-Options sarlavhasidan foydalanilsa), to‘plangan ma’lu­motlarni ko‘rib bo‘lmaydi. Saytga tashriflar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish uchun, server sozlashlariga webvisor.com domeni va uning domenostilari uchun, shuningdek, muallifning sayti domeni uchun muntazam ifoda yordamida istisnolarni qo‘shib qo‘yish kerak bo‘ladi.

https?://([^/]+\.)?yourdomain\.com|

([^/]+\.)?webvisor\.com/

Agarda foydalanuvchi nginx dan foydalansa, sozlamaga quyidagi istisnolarni qo‘shib qo‘ying:

location / {

set $frame_options ‘’;

if ($http_referer !~ ‘^https?://

([^/]+\.)?yourdomain\.com|

([^/]+\.)?webvisor\.com/’){

       set $frame_options ‘SAMEORIGIN’;

       }

add_header X-Frame-Options $frame_
 options;

       …

}

bunda yourdomain\.com — muallif saytining domeni nomi. Saytning domen zonasidan foydalanish lozim (com dan farq qilishi mumkin).

5-rasm. Havolalar bo‘yicha o’tishlar

Sahifalar o‘lchamining cheklanishi. Xaritada ma’lumotlarni aks ettirish uchun sayt sahifalari o‘lchamlarining ayrim cheklovlariga rioya qilish lozim. Quyida turli brauzerlarda xaritani aks ettirish uchun qiymatlar 1-jadvalda ko‘rsatilgan:

Havolalar xaritasi — muallifning saytidagi havolalar bo‘yicha o‘tishlar statistikasini o‘lchash vositasi. Xaritadagi havo­lalar, ularning ommabopligidan kelib chiqqan holda, turli ranglar bilan yoritiladi.

Havolaga chaqiriq qilinganda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

  • havolalar bo‘yicha o‘tishlar soni;
  • sahifadagi boshqa havolalarga nisbatan o‘tishlar ulushi.

Xarita faqatgina Yandeks.Metrika hisob­lagichi o‘rnatilgan sayt sahifalarida, shu­ningdek, agarda saytda UTF-8 kodlashtiri­lishidan foydalanilgan bo‘lsagina, aks ettiri­ladi. Hisobotda redirektga olib boruvchi havola(ссылкa)lar yoritilmaydi. Bunday havolalar yoritilishi uchun yo‘riqnomaga amal qiling. Xarita URL dan qurilganda www, reklama belgilari va # dan keyin havolaning bir qismi (shu jumladan, qadar) kabi elementlar istisno qilinadi, biroq URL ning od­diy parametrlari istisno qilinmaydi. Shuning uchun kliklar xaritasi http://site.com?id=1 va http://site.com?id=2 sahifalari uchun har xil bo‘ladi.

Muallif: Kamola Axmedjanova, UZINFOCOM Markazi mutaxassisi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq