Xitoyda yo‘lovchi tashish transport vositasi sifatida avtobus va tramvay gibridi namoyish etildi
01.07.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Xitoyda CRRC vagonlari ishlab chiqaruvchi korxona yaqinda transportning yangi turini taqdim etdi. U o‘zida haydovchisiz transport vositalari tramvay, avtobus gibridini namoyish etadi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, bu bir yoki bir necha seksiyadan iborat avtobusdir. Tramvay kabi esa faqat qat’iy belgilangan yo‘nalish trayektoriyasi bo‘yicha harakat qiladi. Buning uchun relslardan emas, balki maxsus belgilangan yo‘ldangina harakatlanadi.

Transport vositasi bo‘lgan Autonomous Rail Transit (ART) datchi­-gi kuzatib boradi va natijada avtobus qat’iy belgilangan trayektoriya bo‘yicha harakat qiladi. Haydovchisiz avtomobillar kabi ti­zim bilan jihozlangan ART mustaqil harakatlanadi, biroq haydovchi o‘rni va boshqa boshqaruv organlari mavjud. Bunday transport vositasining afzalligi shundaki, tramvaydan ancha arzonga tushadi, sababi rels mavjud bo‘lishining hojati yo‘q, yuqori voltli simlarning zarurati mavjud emas. Albatta yo‘lning maxsus joyini ajra­tishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun yo‘l yuzida muvofiq belgili chiziq tortish zarur. Solishtirish uchun aytish kerakki, Xitoyda tramvay uchun bir kilometr yo‘lning narxi taxminan 22–29 mln. dollarni tashkil etadi, metro poyezdlarining bir kilometr yo‘lining narxi esa — 59–100 mln. dollarni tashkil etadi. ART dastlabki modeli 31 metr uzunlikka ega bo‘lib, 307 nafar yo‘lovchini yoki 48 tonna yukni tashish quvvatiga ega. Maksimal tezligi soatiga/70 kmni tashkil etadi. Avtobus elektrodvigatel bilan jihozlangan, biroq AKB sig‘imi noma’lum. Faqatgina 10 daqiqa zaryadlangan ART taxminan 25 km yo‘l bosa olishi ma’lum. Mazkur transport vositasi uchun dastlabki yo‘nalish Chjuchjou tomon 6,5 km.dan iborat bo‘ladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq