Samsung The Frame — 4K televizori devorga osilgan tasvirli kartinaga o‘xshaydi
01.07.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Samsung Electronics kompaniyasi The Frame televizorining sotuvi boshlanishini ma’lum qildi. Ishlab chiqaruvchi mazkur televizorni galereyadagi kartinaga o‘xshatgan — bu esa tasodif emas: tashqi ko‘rinishidan tashqari, televizor o‘z ekranida foydalanuvchi tomonidan tanlab olingan ko‘p sonli badiiy polotnolar va foto-suratlar ro‘yxatini namoyish eta oladi. Ro‘yxatga 37 muallifning 100dan ortiq asarlari kiritilgan.

Televizor qamro‘vi — 4K Ultra HD. Uning ikki modeli: 65-duymli va 55 duymli ekranga ega modeli mavjud. Ramkalarining rangi (oq, sut rang va yong‘oq tusli) almashib turadigan 55 duymli modeli $200ga, 65 duymlisi esa — $250ga baholangan. Muzeylar va galereyalar bilan hamkorlik asosida Samsung Art Store katalogidan yangi kartina va suratlar bilan muntazam to‘ldirib borish mumkin, hozirgi vaqtda ro‘yxatda 300ta asar mavjud. Ularning har birini $20dan yoki ularni taqdim etuvchi kolleksiyaga obuna bo‘lib, oyiga $5dan sotib olish mumkin. Bundan tashqari, foydalanuvchi maxsus My Collection katalogida saqlanuvchi o‘z shaxsiy tasvirlaridan ham foydalanishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi barcha ulanishlarda bir sezilmas rangsiz optik kabel (Invisible Connection) va televizorni devorga mahkamlashga yordam beruvchi No Gap Wall Mount moslamasini jamlanmaga kiritgan. Devorga osishni xohlamaydiganlar uchun Studio Stand podstavkasi ham mavjud. Televizor yorqinlik datchigi evaziga avtomatik ravishda, tasvirning yorqinligini, rang uyg‘unligini va haroratni to‘g‘rilaydi. Harakat datchigi avtomatik ravishda, televizorni ishga tushiradi, xonada hech kim yo‘qligida uni ishdan to‘xtatadi, kimdir xonaga kirishi bilan yana ishga tushiradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq