Robosea BIKI – suv ostida videosurat oluvchi bionik robot-baliq
01.07.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Suv ostida yuqori sifatli video olishga mo‘ljallangan, avtomatlashtirilgan yuqori aniqlikda uskunalarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan Robosea texnologik kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan BIKI qurilmasi — dastlabki bionik robot-baliqdir, — ma’lumot berdi Robotics.ua manbasi.

BIKI boshqa standart suv osti robotlariga nisbatan bionik di­zayniga ega bo‘lib, uni yanada samarali qilib, hajmi va og‘irligi, qulaylashtirgan. Shuningdek, avtomatik ravishda, uning turli to‘siq­lardan qochish va muhitdagi turli murakkab vaziyatlarga moslashuvini ta’minlovchi infraqizil datchikka ega. BIKI har qanday o‘ta murakkab Robosea algoritmi holatlarida ishlash qobiliyatiga ega, bunga o‘rnatilgan to‘qqiz o‘qli datchik yordam beradi, u suvda muvozanatni saqlashga va o‘zining yaxshi video yuklamalarini barqaror suratga tushirishga qodirlikni ta’minlaydi. Shaxsiy mobil qurilmalar orqali ijtimoiy tarmoqlarda 4K video va fotosuratlar to‘g‘­ridan-to‘g‘ri namoyish etilishi mumkin. Kiritilgan GPS-modulga ulanish to‘satdan yo‘qolsa, BIKI avtomatik ravishda, bazaga qaytadi yoki mobil qurilmasiga joriy vaqtda o‘zi joylashgan joyi haqida ma’lumot jo‘natadi. BIKI bir to‘liq quvvat olgan holda, 150 daqiqaga qadar 60 m.gacha chuqurlikda ishlay oladi.

BIKI uchun har bir foydalanuvchi o‘z yo‘nalishini yaratishi mumkin, agar aloqa yo‘qolsa, robot avtomatik ravishda, mobil qurilmasiga joriy vaqtda o‘zi joylashgan joyi haqida ma’lumot jo‘natib, bazaga qaytadi. Bundan tashqari, BIKI soniyasiga 30 kadrli, 16-megapikselli 4K UHD videoni suratga olish imkoniga ega, bu jahondagi eng yaxshi suv osti manzaralarini juda tez harakatlanish davrida ham, yoki qorong‘uda ham amalga oshirishni ta’minlaydi». Mazkur texnologiya uni robot-baliqlar, masalan, ETH Zurich’dan Naro-Nanin yoki boshqa suv osti apparatlariga nisbatan yanada yaxshiroq ishlash qobiliyatiga egaligini ko‘rsatadi. BIKI texnik ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:

  • og‘irligi 1 kg
  • o‘lchami: uzunligi 27 sm, kengligi 10 sm va balandligi 15 sm
  • mustahkam plastik korpusga ega
  • 9ta o‘qli datchik
  • Robosea algoritmi
  • suv ostida to‘xtatib turish moslamasi
  • tezligi soatiga 1,9 km
  • maksimal chuqurligi 5 km
  • shovqin darajasi — 55 dB
  • 124° keng burchakli obyektiv
  • 32 GB kiritlgan xotira
  • 2×307 lyumen
  • simsiz boshqaruv
  • yo‘nalishni sozlash
  • 4K video qamrovli: 3840 pikselli x 2160 satr
  • 8,3 megapikselli, tomonlarining nisbati 16:9

Bundan tashqari, suv osti droni ABS avariyaviy holatlarda hamda atmosfera o‘zgarishlariga barqarorigini ta’minlash texnologiyasiga ega. Shunga muvofiq, harorat, tajovuzkor dengiz muhitida yoki uzoq vaqt quyosh nuri ostida bo‘lishidan qat’iy nazar, bionik robot doim a’lo holatda qolaveradi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq