PlayStation VR milliondan ortiq shlemlar va unga 5,25 mln. nusxa o‘yinlar sotildi
01.07.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

O‘tgan yil oktabr oyida 399 dollarlik PlayStation 4 o‘yinli konsollar uchun PlayStation VR virtual reallik shlemlari sotildi. Fevral oyining oxirida Sony Interactive Entertainment kompaniyasining ijrochi direktori Endryu Xaus (Andrew House) PlayStation VR qurilmasining sotuvi 915 ming donani tashkil etganini ma’lum qilgandi.

Yaqinda yapon kompaniyasi tomonidan PlayStation VR sotuvi 1 mln. donadan oshgani e’lon qilindi. Manba HTC Vive va Oculus Rift kabi raqobatchilar sotuvni muvofiq ravishda, 420 hamda 243 mingtani tashkil etishi mumkin deb qo‘shimcha qiladi. Samsung kompaniyasi 5 mln.dan ortiq Gear VR shlemlarini sotdi, biroq yuqorida tilga olingan uchlikka nisbatan oddiy va arzon, shu­ningdek, ishlash uchun smartfonni talab etadi. PlayStation VR egalari virtual reallik rejimiga muvofiq qo‘llab-quvvatlanadigan o‘yinning 5,25 mln. nusxasini sotib oldi. O‘rta statistik o‘yin sessiyasi taxminan 25 daqiqa davom etadi.

Sony bunday narsalarga «ehtiyotkorona» yondashuv zarurligini ta’kidlamoqda, sababi PlayStation 4 foydalanuvchilari bazasi 60 mln. kishiga yaqinlashmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq