«O’zdonmahsulot»da elektron hukumat vositalarini qo’llash
01.07.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida 2017- yil 29-iyunda davlat boshqaruvi organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi.

Mazkur seminarda davlat boshqaruv organlari AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlarining vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda «Davlat don inspeksiyasi» ning AKT bo’yicha bosh mutaxassisi M. Atabaevning «Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasida AKT joriy etilishi holati» mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, jarayonda “Elektron hukumat” markazi mutaxassisi Lutfulla Akrom tomonidan “Davlat don inspeksiyasida AKT joriy qilish va rivojlantirish holati” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, muzokaralarda seminar ishtirokchilari qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq