LG sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqmoqda
01.07.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Tarmoq manbalari ma’lum qilishicha, LG kompaniyasi sun’iy intellekt tizimi — Artificial Intelligence (AI)ni ishlab chiqish bilan bog‘liq tadqiqot loyihasini tashkil etdi. LG kompleks tashabbusi bilan yangi bo‘linmalar shakllantirildi. Uning tarkibiga ikki ilmiy markaz kiradi: ulardan biri robototexnikaga, boshqasi — chuqur o‘qitish texnologiyalariga ixtisoslashgan. LG sun’iy intellekt tizimlari juda keng qo‘llanilishi mo‘ljallanmoqda. Bular «aqlli» maishiy uskunalar, avtomobil platformalari, Internet vositalar va ilovalar qurilmalaridir. Shuningdek, LG AI elementli xususiy ovozli yordamchi ustida ishlamoqda. Bunday yordamchi kelgusida LG smartfonlari qatorini to‘ldiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilda butun jahonda 3,5 mlrd. dona ovozli yordamchi qurilmalardan foydalanilgandi. Bunda shunday gadjetlarning asosiy qismini aynan smartfonlar tashkil etgandi. 2021-yilda raqamli qurilma-assistentlar soni 7,5 mlrd. dona bo‘lishi kutilmoqda. Bozor nafaqat smartfon va planshetlar, balki maishiy qurilmalarga ovozli yordamchilarni tatbiq etish evaziga ham, shu­ningdek, internetga ulangan «aqlli» avtomobillar hisobiga rivoj­lanadi. Shu tariqa, LG tez rivojanib borayotgan AI-assistentlar bozorini mustahkamlashni mo‘jallamoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq