DeepMind AlphaGo yana Go o‘yinida chempion bo‘ldi
01.07.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

AlphaGo — Google DeepMind sun’iy intellekti jahon chempioni Ke Sze ni mag‘lub etib, uch qismdan iborat Go o‘yinida mutlaq g‘olib bo‘ldi. Endilikda Go o‘yinida jahondagi eng kuchli o‘yinchilarni yengib, II DeepMind g‘alaba qozondi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dastur Go o‘yinida Li Sedoldan o‘zib, g‘olib bo‘lgandi, deb — ma’lumot berilgan Robotics.ua manbasida.

Aslida, bu galgi natija Sedol bilan musobaqadagidek bo‘lmasada, unda AlphaGo bor-yo‘g‘i yarim ochko natija bilan g‘olib bo‘lganiga qaramay, DeepMind bosh direktori Demis Xassabis Ke Sze butun musobaqa mobaynida, mag‘lub bo‘lishdan avval «a’lo» natijaga erishdi deya ta’kidladi. «O‘yinning dastlabki 100 qadami biz guvoh bo‘lgan g‘olibga qarshi AlphaGo versiyasidagi o‘yinda ancha yengil bo‘ldi», — dedi tadbirkor o‘yindan keyingi matbuot anjumanida. «Bugungi o‘yin avvalgilaridan farq qildi», — dedi Ke. — «AlphaGo mening nazarimda, yutuqqa sabab bo‘lgan bir necha teskari qadamni qo‘ydi. Men o‘yinning yarmiga qadar g‘alaba qozonishga yaqinman deb o‘ylagandim, biroq xato qilibman. Men bundan biroz xafa bo‘ldim, sababi bor mahoratim bilan juda yaxshi o‘ynadim deb o‘ylayman».

Xitoyda Future of Go sammiti — besh kunlik forum doirasida Google va China Go Association tomonidan tashkil etilgan turnir musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda Go o‘yini bo‘yicha jahondagi eng kuchli o‘yinchilar va qadimiy bo‘lgan «o‘yinni tadqiq etish» uchun II ekspertlari ishtirok etdilar. Juft bo‘lib o‘ynaladigan Pair Go o‘yinida xitoylik mahoratli o‘yinchilar uchrashuvi o‘tkazildi, biroq AlphaGo va Team Go navbati bilan dasturning «kreativligi va moslashuvchanligi»ga e’tibor qaratdilar.

AlphaGo oxirgi versiyasi robotics.ua manbasi ma’lumotiga asosan «Master(Usta)» laqabini oldi, u kompyuterga nisbatan 10 marta ortiq hisoblash kuchiga ega bo‘lsada, musobaqada Li Sedoldan g‘olib bo‘ldi. O‘yin uchun bor-yo‘g‘i — bulutli Google serveriga ulangan bir kompyuter bo‘lishi zarur.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq