Zamonaviy texnologiyalarning jamiyat hayoti uchun ijobiy ta’siri: “Kamolot” va elektron hukumat
28.06.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida 2017-yil 27-iyunda xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi.

Mazkur seminarda xo‘jalik boshqaruv organlarining AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlari vakillari ishtirok etishdi. Unda «Kamolot» Yoshlar ijtiomoiy harakati AKT bo‘limi bosh mutaxassisi Doston Baratovning tashkilotda AKTni joriy etish va rivojlantirish» mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, tadbirda «Kamolot» yoshlar ijtiomoiy harakatida «Elektron hukumat» tizimi mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan markaz mutaxassisi Shahzod Ermatov batafsil ma’lumot berdi.

Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalarga oid qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, unda seminar ishtirokchilari tomonidan qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad, davlat muassasalarining ish jarayonida o‘zaro tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Seminar keng jamoatchilikka mo‘ljallangan bo‘lib, unda OAV vakillari ham qatnashsa bo‘ladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq