Vebster universiteti vitse-prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
28.06.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

28 iyunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida AQSh ning Vebster universiteti ta’lim ishlari, xalqaro kampus va tashabbuslar bo‘yicha vitse-prezidenti Piter Maher bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Vebster universiteti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetlari o‘rtasida AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi. Xususan, birgalikda talabalar uchun ta’limiy va talaba almashinuv dasturlarini, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilishda istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Vebster universiteti bilan hamkorlik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro standartlar asosida soha mutaxassislarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq