UZMOBILE «ZiyoNet» tarmog‘i resurslariga imtiyozli ulanish imkoniyatini taqdim etadi
27.06.2017
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori 16-iyundan yangi xizmatning yo‘lga qo‘yhilishini ma’lum qiladi.

Ziyonet.uz nima?

ZiyoNET milliy jamoat axborot ta’lim tarmog‘i  bundan 10 yildan ortiq yillar ilgari  O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191 son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Ta’lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan bugungi kunda O‘zbekistonda eng yirik foydali Loyiha  bo‘lib hisoblanadi. Loyiha katalogida ko‘plab: ilm va ta’limdan madaniyat va san’atgacha, sport va ko‘ngilochar materiallardan biznes, zamonaviy axborot texnologiyalar hamda tibbiyotgacha yo‘nalishlari mavjud.CTNB  «ZiyoNet» sayti reyestri nafaqat mahalliy, balki chet el resurslarini ham birlashtiradi. Portaldagi elektron kutubxonada o‘zbek, rus, ingliz, qoraqalpoq va boshqa tillarda kitoblar, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, taqdimot, spravochnik hamda referatlar mavjud. Ta’limiy dasturlar o‘quvchilar va talabalarga ham, bolalarga ham mo‘ljallangan  bo‘lib, ularga kelajakda zarur bo‘ladigan  bilim asoslari bilan yengil o‘yinli shaklda tanishishlariga yordam beradi. Kutubxonada ko‘plab jiddiy asarlar mavjud — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi xodimlari mazkur bilimlar bazasiga ilmiy jurnallar, byulletenlar va nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalari hamda ularning avtoreferatlarini kiritadilar.

Uzmobile — «ZiyoNet» yangi xizmati

Bunday katta bilimlar bazasi barkamol shaxs tarbiyasida muhim ahamiyatga molik bo‘lishi, shuningdek, har bir insonga uni qiziqtirgan axborotni topishida yordam berishi mumkin. Biroq buning uchun mazkur bilimlar zaxirasiga ulanish oson va qulay bo‘lishini ta’minlash zarur.

Albatta, foydalanuvchi uchun foydali bo‘lishi zarur. Buning uchun Uzmobile kompaniyasi xodimlari tomonidan  maxsus «ZiyoNet» xizmati ishlab chiqildi. Buning evasiga kompaniyaning smartfonga ega har bir abonenti milliy ta’lim tarmog‘iga imtiyozli ravishda ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  16-iyundan xizmatni faollashtirgan mobil operator GSM-abonentlari uchun Ziyonet resurslarida trafikning 1 Mb bor-yo‘g‘i  0,002 $ ni tashkil etadi.

U qanday ishlaydi?

Uzmobiledan yangi xizmatga jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham ulanishi mumkin. Barcha abonentlar uchun xizmatni faollashtirishning yagona narxi (0,1 $) va undan foydalanganlik uchun abonent to‘lovi (0,05 $) belgilangan.

Xizmatni boshqarish, unga ulanish va uzilish USSD-buyruq asosida, uzmobile.uz saytidagi shaxsiy kabinetda, sotuvlar ofislarida va   1099 qo‘llab-quvvatlash xizmati telefon raqamlari (yuridik shaxslar uchun — faqat sotuvlar hamda xizmat ko‘rsatish ofislarida) amalga oshiriladi. Xizmatning alohida ulanish nuqtasi (APN) — ziyonet.uzmobile.uz mavjud;  axborot resurslariga imtiyozli narxlar asosida ulanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, avval smartfonni unga ulash zarur.

Xizmatni boshqarish, unga ulanish va uzilish USSD-buyruq asosida, uzmobile.uz saytidagi shaxsiy kabinetda faollashish -*111*2*12*1# va faollashishni to‘xtatish — *111*2*12*2#, sotuvlar ofislarida va   1099 qo‘llab-quvvatlash xizmati telefon raqamlari (yuridik shaxslar uchun — faqat sotuvlar hamda xizmat ko‘rsatish ofislarida) amalga oshiriladi. Xizmatning alohida ulanish nuqtasi (APN) — ziyonet.uzmobile.uz mavjud;  axborot resurslariga imtiyozli narxlar asosida ulanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, avval smartfonni unga ulash zarur.

Nima uchun «ZiyoNet» xizmatini Uzmobile taqdim etadi?

Bilim egallash har bir inson uchun zarur. Uzmobile kompaniyasi buni to‘laqonli ta’limning asoslaridan biri deb hisoblaydi hamda bilim olishni davlat tomonidan ta’minlanishi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi xizmatning yo‘lga qo‘yilishi — bu kompaniya tomonidan mazkur yo‘nalishda qo‘yilgan yana bir qadamdir.  Mazkur xizmatning yo‘lga qo‘yilishi  — bu qabul qilingan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq ijtimoiy sohada O‘zbekiston ta’lim tizimiga zamonaviy axborot  texnologiyalarini joriy etish uchun ishlarni amalga oshirish doirasida yana bir qadamdir. Uzmobile internetda ta’limiy portalga tezkor ulanib,  «ZiyoNet» xizmati evaziga O‘zbekistonning barcha mintaqalaridagi  yoshlar o‘z bilim darajalarini oshirib, tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha  malakali mutaxassis bo‘lib yetishadilar  va egallagan bilimlari hamda shaxsiy yutuqlaridan mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida foydalanadilar deb umid qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq