Vazirlikka ishga taklif qilamiz
24.06.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “AKT sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi” boshlig‘i Karimjon Mullaboyev International IT Policy Program (Xalqaro AT-siyosati) dasturi asosida Koreya Respublikasining nufuzli Seul Milliy universitetiga o‘qishga qabul qilinib, “Texnologiyada boshqaruv, iqtisodiyot va siyosat dasturi yo‘nalishi” bo‘yicha 3 yil davomida doktoranturada tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Karimjon Mullaboyev ta’limning bakalavr va magistratura yo‘nalishlarini Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tamomlagan. Faoliyati davomida “O‘zbektelekom” AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparatida xizmat qilgan. AKT sohasidagi mustahkam bilim va tajribasi unga doktorlik yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlarini jahonning nufuzli universitetlaridan birida davom ettirish imkonini berdi. Vazirlik xodimining bu yutug‘i – bugungi davr axborot texnologiyalari mutaxassisining istiqboli va nufuzining yaqqol namunasidir.

Shu munosabat bilan, vazirlik “AKT sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi” boshlig‘i lavozimiga nomzodlarni ishga taklif qiladi.

Bo‘lim faoliyati davomida AKT sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat siyosatini olib borish, xalqaro tajribani hisobga olgan holda AKT sohasiga malakali kadrlar tayyorlash, kadrlar malakasini oshirishning samarador tizimini joriy etish, o‘quv jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, bu yo‘nalishda me’yoriy-huquqiy asosni mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Nomzodlarga asosiy talablar:

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment, moliya va boshqaruv sohasidagi oliy ma’lumotga (magistr yoki besh yillik ta’lim diplomi) ega bo‘lishi;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim yoki ilm sohasida kamida
  • 5 yillik hamda rahbarlik lavozimlarida kamida 3 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi;
  • texnika/fizika-matematika/iqtisodiyot fanlari yo‘nalishida ilmiy darajaga ega bo‘lishi qo‘llab-quvvatlanadi;
  • o‘zbek va rus tilini bilishi, chet tilini (ingliz yoki nemis tili) bilishi qo‘llab-quvvatlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi AKT yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan rahbar va mutaxassis kadrlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilayotganini ma’lum qiladi. Ushbu bazaga kiritilgan mutaxassislar, kelajakda vazirlik tizimidagi hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining AKT bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlariga nomzod sifatida ko‘rsatiladi.

Nima uchun Siz aynan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida yoki davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining AKT bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarida mehnat faoliyatingizni davom ettirishingiz kerak?

Buning uchun asosli sabablar mavjud, xususan:

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining barcha sohalarda keng tatbiq etilayotganligi bu yo‘nalishda yuqori malakali hamda salohiyatli kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojning oshishiga sabab bo‘lmoqda. O‘z navbatida, AKT yo‘nalishida kasbiy muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari ham kengaymoqda.
  • Soha mutaxassislari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining AKT bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalariga rahbar lavozimlariga tavsiya etilmoqda.
  • Xorijning nufuzli ta’lim muassasalarida grantlar asosida magistratura, doktorlik yo‘nalishlarida tahsil olish, shuningdek malaka oshirish kurslarida o‘qib kelish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
  • Xodimlar tomonidan ilgari surilgan har bir g‘oya va tashabbuslar rahbariyat tomonidan xayrixohlik bilan qo‘llab-quvvatlanib, amalga oshirilmoqda.
  • Mehnat faoliyati davomida ko‘rsatilgan faollik, unumdorlik ham ma’nan (idoraviy mukofotlar va turli nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantirish), ham moddiy jihatdan (raqobatbardosh ish haqi) qadrlanadi va amaliy rag‘batlantiriladi.
  • Vazirlik tizimida har bir xodim uchun kafolatli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (tibbiy sug‘urta, moddiy yordam ko‘rsatish) tizimi joriy etilgan.
  • Bilimli, tashabbuskor va tirishqoq, aksariyat xodimlari yoshlardan iborat sohada loyihalarni va g‘oyalarni samarali amalga oshirish yanada osondir.

Agar sizda biz bilan birga ishlash istagi uyg‘ongan bo‘lsa, obyektivka-ma’lumotnomangizni vazirlikning Kadrlar bo‘limiga 2017 yilning 20 avgustiga qadar quyidagi manzil bo‘yicha taqdim etishingiz lozim:

Toshkent shahar, A.Temur shoh ko‘chasi, 4-uy yoki HR@mitc.uz elektron pochta manziliga.

Talab etiladigan obyektivka-ma’lumotnoma shakli bilan quyidagi manzilda tanishib olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: 2384116, 2384143, 2384312.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq