«O‘zbektelekom» AK mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi (YAMDM) tashkil etilishida ishtirok etdilar
23.06.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirish — UzMedInfo, tizimli integrator Inline Telecom Solutions kompaniyasi va «O‘zbektelekom» AK mutaxassislari bilan hamkorlikda pilot loyihani taqdimotini namoyish etdilar, xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati.

Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyat filialida Yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi (YAMDM) pilot loyihasining namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Baxodir Ataxanov, elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirish — UzMedInfo markazi vakillari, tizimli integrator Inline Telecom Solutions kompaniyasi, jaxon ekspertlari va Buxoro viloyati soglikni saklash boshkarmasi raxbariyati va viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazi rahbariyati ishtirok etdi.

Joriy yilning 16-mart kuni mamlakatimiz Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolangan edi.

Mazkur huquqiy hujjatlarda mamlakatimiz shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, ushbu hujjatda ko‘rsatilganidek, yagona muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik markazlari mamlakatimizning 13 hududida tashkil etilishi mo‘ljallanmoqda. Bu markazlar yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan boshqariladi. Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filialida tashkil etilgan yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi esa ushbu yo‘lda tashlangan dastlabki qadam bo‘ldi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Soglikni saqlash vazirligi tashabbusi bilan elektron sogliqni saklashni rivojlantirish markazi Uzmedinfo xodimlari, tizimli integrator Inline Telecom Solutions kompaniyasi, hamda “O‘zbektelekom” AKning mutaxassislari ishtirokida amalga oshirilib kursatildi.

— Mazkur markaz Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK bilan hamkorlikda mamlakatimiz hududida tez tibbiy yordamning yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazini joriy etish bo‘yicha pilot loyihasi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Baxodir Ataxanov. — Mazkur loyixa shoshilinch tibbiy yordam tizimi bo‘yicha qabul qilingan huquqiy hujjatda belgilangan vazifalarning ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, endilikda ushbu markaz shoshilinch holatlardagi har bir murojaatni o‘z vaqtida tezkorlik bilan istisnosiz bajarilishiga xizmat qiladi. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan har bir murojaat o‘sha zahotiyoq ko‘chma brigadaga bemor haqidagi kerakli tibbiy axborot va uning joylashish manzili haqidagi ma’lumotlar bilan birgalikda radio ratsiya kurilmalari orkali uzatiladi.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, shoshilinch tibbiy xizmatning chaqirilishi “Yagona oyna” tamoyili asosida tashkil etilib, aholi murojaati tushgandayoq shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishni tezlashtirish bilan birga, inson salomatligi bilan bog‘liq noxush hodisalarning oldini oladi.

Shuni ham aytish joizki, hujjatda sohani rivojlantirishga doir ko‘plab vazifalar qatorida kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat byudjeti va boshqa mablag‘lar hisobidan 1200 ta tez tibbiy yordam avtomobili xarid qilinishi ham belgilangan edi. Ayni kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinalarining 200 ga yaqini xarid qilinib, ehtiyoj baland bo‘lgan hududlarga etkazib berildi.

Ayni kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinalarining 200 ga yaqini xarid qilinib, ehtiyoj baland bo‘lgan hududlarga etkazib berildi.

Dunyoning etakchi davlatlar amaliyoti o‘rganilganda tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida aloqa aloxida o‘rin tutishi, xududlarni sifatli aloqa bilan qoplanishi ko‘rsatilayotgan xizmatlarni samaradorlgini oshirishiga olib kelishi aniqlangan. Namoyish etilgan loyixada dispetcher va tez yordam mashanisi bilan kafolatlangan aloqa «Radioaloqa» kuyi tizimi tufayli ta’minlanadi. «Radioaloqa» kuyi tizimi aloqaning raqamli radiokanallari, tez tibbiy erdam avtomobillarida urnatilgan ratsiyalarning joyining trekingi va monitoringi yuli bilan dispercher va tez tibbiy yordam avtomobillari o‘rtasidagi kafolatlangan aloqani ta’minlaydi. Ma’lumotlar tizim va uskunalar urtasida raqamli radiokanallar orkali uzatiladi, hattoki favkulodda vaziyatlar sodir bulganda yoki mamlakat telekommunikatsion tarmoklarning yuklanganda zuriqib ishlash holatida ham tez tibbiy yordam xizmati faoliyati yuqorida qayd etilgan raqamli radiokanallar orqali muayan amalga oshirilaveradi, xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq