O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Web of Science Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga Milliy obuna bo‘lishni ta’minlash” mavzusida ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi
23.06.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2017 yil 21 iyun kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “WEB OF SCIENCE XALQARO ILMIY MA’LUMOTLAR BAZASIGA MILLIY OBUNA BO‘LIShNI TA’MINLASh” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Vazirlar Mahkamasining respublika ilmiy salohiyati va davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning raqobatbardoshligini oshirish, tadqiqotchi va doktorantlarimizni ilmiy-texnika axborotining yetakchi resurslari va jahon ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishini ta’minlash bo‘yicha 2017 yil 12 iyundagi 642-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqotlar sifatini va maqolalar chop etish faolligini oshirish imkonini beruvchi “WEB OF SCIENCE” ma’lumotlar bazasiga milliy obunani ta’minlash bo‘yicha hujjatni imzolash.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori vazifasini bajaruvchi U.Teshabaeva ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilarini qutlar ekan, anjumanning dolzarbligi, ahamiyatini alohida ta’kidladi va ilmiy-tadqiqot ishlarini yozishda ilmiy-ta’limiy bazalar va ularda mavjud resurslarga kirish imkoniyatini beruvchi ko‘makchilarning o‘rnini hamda zarur axborot resursini tezkorlik bilan topish, ularni yuklab olish va to‘la matnda o‘qish imkoniyatini beruvchi yetakchi ilmiy jurnallar va ilmiy to‘plamlar ahamiyatini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori M.Boltabaev hamda “CLARIVATE ANALYTICS” kompaniyasi direktori (Rossiya va MDH bo‘yicha) O.Utkin seminar ishtirokchilarini qutladilar va tadbirning ayni kunlarda dolzarbligini e’tirof etdilar. “Rivojlanishning hozirgi sharoitlarida jahon axborot va ilmiy makoniga integratsiyasiz ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or texnologiyalar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda taraqqiyotga erishib bo‘lmasligini hisobga olgan holda ushbu hujjatning imzolanishi tadqiqotchilarimizning dunyoning yetakchi nashriyotlari va agregatorlarining elektron ilmiy-ta’lim resurslaridan erkin foydalanishini ta’minlashga yordam beradi, shuningdek ilmiy maqolalarni nufuzi yuqori bo‘lgan jurnallarda chop etishlariga imkoniyat yaratadi. Bu esa tashkilotlar, olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlari natijadorligi va samaradorligini, milliy ilmiy nashrlar (jurnallar, kitoblar, darsliklar va boshqa ilmiy-uslubiy adabiyotlar) saviyasini xalqaro talablarga muvofiq oshiradi va respublikada ilmning nufuzini ko‘tarish, shuningdek jahon ilmiy-tadqiqot va innovatsiya makoniga qo‘shilishini ta’minlaydi”, — dedi o‘z nutqida M.Boltaboev.

Ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilari respublika ilmiy salohiyatini oshirish uchun ilmiy-texnika axboroti tizimining zamonaviy imkoniyatlaridan foydalanish, O‘zbekistonda 2016-2017 yillarda jahon ilmiy-ta’lim resurslaridan foydalanishning taraqqiyoti va muammolari, “CLARIVATE ANALYTICS” tomonidan olimlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi huzurida “Intellektual mulkni ob’ektlarini baholash” bo‘yicha DUKning tashkil etilishi va uning asosiy vazifalari masalalarini muhokama qildilar.

Seminar davomida yetakchi olimlarning chiqishlari tinglandi va sohaning dolzarb muammolari muhokama etildi. Seminar ishtirokchilari ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va tashkilotchilarga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq