TIV va “Elektron hukumat” markazi: davlat xizmatlari keng qamrovli bo’lishi shart
16.06.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2017-yil 15-iyunda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida davlat boshqaruvi organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi.

Mazkur seminarda davlat boshqaruv organlarining AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlari vakillari ishtirok etishdi. Unda Tashqi ishlar vazirligining “Aloqani ta’minlash, kompyuter tizimlari va internet tarmog’i boshqarma”si boshlig’i vazifasini bajaruvchi A. Do’simovning «O’zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi tizimida Elektron davlat xizmatlarini joriy etish holati» mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, tadbirda “Elektron hukumat” markazi mutaxassisi Z.Karimberganov “Tashqi ishlar vazirligida AKT joriy qilish va rivojlantirish holati” mavzusida yig’ilganlarga ma’lumot berdi. Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, bunda seminar ishtirokchilari qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq