Xalqaro tajribalar o‘rganilmoqda
15.06.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2017-yilning 14-iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish: xalqaro tajriba va O‘zbekistondagi islohotlar” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etganlar davlat va mahalliy hokimiyati organlarining shaffofligini ta’minlash, jahon tajribasida ushbu jarayonda qo‘llanilayotgan uslub va vositalar xususida fikr almashishdi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining departament boshlig‘i Shavkat Jo‘rayevning “AKT va “Elektron hukumat” tizimini kelajakda rivojlanishining hududlardagi istiqboli” hamda BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish” dasturining menejeri Bunyod Avliyoqulovning “Davlat xizmatlarini transformatsiyalashtirishda Buyuk Britaniya tajribasi” ma’ruza-taqdimotlari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq