“O‘zbekiston markalarida sport” turkumining chiqarilishi haqida
14.06.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 9 iyundan “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi.
Pochta markalari Pio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari chempionlari, Oltin medal sohiblariga bag‘ishlangan.
Pochta markalarida sportchilar: Ruslan Nurudinov (shtanga) va Xasanboy Do‘smatov (boks) tasvirlangan.
Pochta markalari va kupon bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalari va kuponning o‘lchamlari 30×42 mm. Adadi 8 ming nusxa.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
1195. Ruslan Nurudinov Nominali — 1800 so‘m
1196. Xasanboy Do‘smatov Nominali — 1900 so‘m
Dizayner — Kaneves E.