Mobil aloqa operatorlarga tarmoq sifat ko‘rsatkichlari yomonlashuvi bo‘yicha moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qo‘llanildi
14.06.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mobil aloqa xizmatlari iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va sifatli xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida Aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Inspeksiya) tomonidan operatorlarning oylik ma’lumotlari va tarmoq sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

O‘tkazilgan tahlil natijalari barcha operatorlarining mobil aloqa tarmoqlari sifat ko‘rsatkichlarining yomonlashganligini ko‘rsatdi:

  • radioaloqa uzatkichlari ishlashida korxonaning aybi bilan uzilishlar;
  • muvaffaqiyatsiz ulanishlar soni;
  • o‘rnatilgan ulanishda abonent tashabbusi bilan bo‘lmagan uzilishlar soni;
  • internet tarmog‘iga muvaffaqiyatsiz ulanishlari soni;
  • internet tarmog‘ida o‘rnatilgan ulanishlarda abonent tashabbusi bilan bo‘lmagan uzilishlar soni.

Yuqorida keltirilgan sifat ko‘rsatkichlari tahlili, litsenziya shartnomasi talablari bajarilmaganligi va mobil aloqa tarmog‘i sifat ko‘rsatkichlarning yomonlashuvi, shuningdek operator aybi bilan yuzaga kelgan asosli murojaatlar bo‘yicha Inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aloqa sohasidagi me’yoriy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablarini, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) to‘g‘risida”gi 2000 yil 14 avgustdagi 318- son qaroriga asosan mobil aloqa operatorlariga moliyaviy sanksiyalar (jarimalar) qo‘llanildi.

Litsenziya shartnomasi talablarini bajarilishi va mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida barcha mobil aloqa operatorlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq