Internet tarmog‘ida milliy kontentni yaratish va rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda
14.06.2017
Rukn: Internet.
Muallif: .

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida milliy kontentni yaratish va rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasini muhokama qilishga taklif etadi.

Internet tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish, uning jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish, mamlakatimiz internet foydalanuvchilarining o‘sib borayotgan axborot va intellektual ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kontentdan daromad olishning samarali mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, aholining, avvalo, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga va ma’naviy qadriyatlarini iustahkamlashga, ularda mustaqil fikrlashni, vatanparvarlikni tarbiyalashga yo‘naltirilgan zamonaviy veb-resurslarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida milliy kontentni yaratish va rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Qaror loyihasida internet tarmog‘ida milliy kontentni yaratish va rivojlantirishning 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan kompleks dasturini tasdiqlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • milliy kontent va veb-resurslarni rivojlantirish hamda ommalashtirishni rag‘batlantirish, ularni tashkiliy, moddiy texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish;
  • internet tarmog‘i milliy sigmentini g‘oyaviy-mazmun jihatdan to‘ldirish, foydalanuvchilar, avvalo yoshlarning zamonaviy ehtiyojlariga javob beruvchi ommaviy, axborot resurslari, media-mahsulotlar, badiiy, multiplikatsion va hujjatli filmlarni yaratish va rivojlantirish, shuningdek, OAV hamda internet jurnalistikani rivojlantirish;
  • milliy va xorijiy ijtimoiy tarmoqlarda milliy kontentni rivojlantirish, milliy ijtimoiy tarmoqlar va mesenjerlar faoliyatini takomillashtirish, auditoriyasini kengaytirish va ularning jozibadorligini oshirish;
  • ta’lim kontentini yanada takomillashtirish, “ZiyoNET” ta’lim tarmog‘i imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari bilan integratsiyalangan zamonaviy veb-resurslarni yaratish;
  • yaratilayotgan axborot resurslarini yanada ilgari surish va ommalashtirish;
  • internet tarmog‘i global va milliy segmentini rivojlantirish tendensiyalarini doimiy o‘rganib borish, internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha, davlat-xususiy hamkorligini joriy qilish va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish.

Mazkur qaror loyihasini muhokama qilishga barcha manfaatdor shaxslarni taklif etamiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq