1-tur qandli diabetga chalinganlar uchun maxsus dastur
13.06.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Sir emaski, bugungi kunda dunyoning bir necha million aholisi turli darajadagi qandli diabet xastaligidan aziyat chekmoqda.

Bu xastalikka chalingan inson kundalik hayotida qat’iy belgilangan tartibga, maxsus belgilangan parhezga amal qilishi kerak. Lekin ko‘pincha bunday bemorlar kundalik taomnomasida qanday mahsulotlar, taomlar mumkin yoki aksincha, mumkin emasligini, yoki muayyan mahsulotning qancha miqdori zararsiz ekanligini aniq bilolmay qiynalishadi. Mana shunday holatlarning oldini olish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokor-olimlari 1-turdagi qandli diabetga chalingan insonlar uchun o‘z taomnomasidagi non birligini hisoblab borishi uchun dastur ishlab chiqdilar. Dasturning qulayligi shundan iboratki, bemor o‘zining jinsi, yoshiga mos ravishda, birinchi va ikkinchi nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun maxsus tuzib chiqilgan taomnomadan o‘zi istagan taomni tanlashi va sog‘lig‘i uchun xavotir olmasdan bu taomni tayyorlab tanovvul qilishi mumkin. Tanlab olingan oziq-ovqatlar to‘plamidan non birligi hisoblab chiqariladi. Dasturning ma’lumotlar bazasiga asosiy shifobaxsh parhez menyusi, o‘zbek taomlari, unli mahsulotlar, sut mahsulotlari, mevalar, rezavorlar, sabzavotlar, quritilgan mevalar va yong‘oqlar, ichimliklar va sharbatlar, shirinliklar kiritilgan. Dastur rus va o‘zbek tillarida, lotin alifbosida ham ishlaydi. Olingan ma’lumotlarni saqlash, chop etish mumkin. Dastur nafaqat qandli diabetga uchragan kishilar uchun, balki tibbiyotning endokrinolog, pediatr va terapevt shifkorlar faoliyatida ham juda qo‘l keladi.

Dastur mualliflari — G.Rahimova, S.Ismoilov, Z.Akbarov, A.Tashmanova, N.Alimova, H.G‘ulomova, A.Alieva, A.Sodiqova, A.Ryaboshtanlardan iborat shifokor-olimlar guruhiga DGU 04340-raqamli guvohnoma topshirildi.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq