«Huawei Technologies» kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz regioni prezidenti bilan uchrashuv
12.06.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

12 iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Huawei Technologies» kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz regioni uchun yangi tayinlangan prezidenti janob Chen Xao bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot almashinildi.

“Biz O‘zbekistonda biznes faoliyatni olib borishdan tashqari AKT sohasida kadrlar tayyorlashni ham maqsad qilganmiz” dedi janob Chen. Shuningdek, kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va AKT sohasida kadrlar tayyorlashda masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha taklif berdi.

Universitetda ta’lim sifatini oshirish va ishlab chiqarish bilan bog‘lashni amalga oshirishda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun Texno park tashkil etish va hamkorlik qilish bo‘yicha rektor tomonidan taklif bildirildi.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq