Samarqandda «Smart city» mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi
09.06.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Xalqaro elektraloqa ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida joriy yilning 1-2 iyun kunlari Samarqand shahrida «Smart city» mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

Xalqaro elektraloqa ittifoqi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida joriy yilning 1-2 iyun kunlari Samarqand shahrida «Smart city» mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

«Smart city — Aqlli shahar» — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va internet tarmog‘i orqali umumta’lim maktablari, kutubxonalar, transport, shifoxonalar, elektr stansiya, suv ta’minoti va chiqindilarni boshqarish, huquqni muhofaza qilish organlari, shu jumladan, shahar infratuzilmasini boshqarishni o‘zida mujassamlashtirgan, yuqori texnologiyalar asosida boshqariladigan shahardir.

Mazkur seminar Xalqaro elektraloqa ittifoqining bu yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi tadqiqot komissiyalari faoliyatini rivojlantirish va keyingi rejalarni belgilab olish maqsadida tashkil etildi.

Seminarda Qirg‘iziston, Xitoy, Koreya, Moldova, BAA, Rossiya davlatlaridan axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari hamda Huawei, KAIST, SC&C, Smart City Lab Moscow, TRA, UNOC kabi yetakchi kompaniyalar ekspertlari, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-o‘qituvchilaridan vakillar ishtirok etdilar.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining «INTV» jamoasi MDH mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib, seminarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet tarmoqlarida jonli efirda namoyish (live) qildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq