Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATUning 3 nafar talabalari Koreya fan va Texnologiya Ilg`or Instituti (KAIST)ga qabul qilindi
09.06.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

2017 sentyabr oyidan boshlab TATUning «Telekommunikatsiya texnologiyalari» fakulteti talabalari Shukurullo Asrorov va Lazizjon Mustapoqulovlar KAISTning Electrical Engineering departamentida 3-kursda, «Dasturiy injiniring» fakulteti talabasi Sardor Sharapov esa School of Computingda 4-kursda ta’lim olish uchun yuboriladi.

“Men KAIST da o‘qishni orzu qilar edim va ingliz tilini mukummal o‘rganib, IELTS imtihonini topshirdim, universitetimizda yaratilgan sharoitlar orzuimni ro‘yobga chiqishida katta yordam bermoqda”, deydi Shukurullo Asrorov.

KAIST Janubiy Koreyaning eng nufuzli universitetlaridan biri ekanligi va jahondagi universitetlar o‘rtasida yuqori reytingni egallagan, buning sababi — AKT ni rivojlantirishda inovatsion texnologiyalardan keng foydalanilayotganligidir. “Men KAISTda oladigan bilim va tajribalarim asosida kelajakda yurtimizdagi AKT sohasini rivojlantirishga o‘z hissamni qo‘shishimga ishonaman”, deydi Sardor Sharapov.

“KAIST da o‘qish menga o‘z sohamda bilim va ko‘nikmalarimni yanada orttirishimda, Koreya madaniyati bilan tanishishimda, turli davlatdan kelgan talabalar bilan do‘stlashishimga va asosiysi KAIST ilmiy laboratoriyalarida AKT sohasida olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan tanishishga imkon beradi”, deydi Lazizjon Mustapoqulov.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq