Elektron xizmatlar vaqtni tejaydi: Bojxonaga oid kollegial seminar
09.06.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Bugungi kunda mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimi samarali ishlashini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan, Davlat Bojxona Qo‘mitasida ham ushbu tizimni keng takomillashtirishga jiddiy ahamiyat berilmoqda. “Elektron hukumat” markazida 2017 yil 8 iyunda Davlat boshqaruvi organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar”da Qo‘mita faoliyatining tizimni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazildi.

Seminarda davlat boshqaruv organlarining AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlari vakillari ishtirok etishdi. Seminarni “Elektron hukumat” markazining Ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining Davlat boshqaruvi organlarining maxsus bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i A.Nosirov tomonidan ochib berdi. Tadbirda Davlat Bojxona Qo‘mitasi (qo‘mita) mutaxassisi D.Ergashevning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

“Elektron hukumat” markazi Davlat boshqaruvi organlarining maxsus bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassisi Z.Karimberganov tomonidan ham qo‘mita haqida taqdimot namoyish etildi. “Elektron hukumat” markazi davlat Interaktiv xizmatlarning Yagona portalini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i J.Umarov tomonidan my2.gov.uz portali haqida ma’lumot berildi.

Haftalik kollegial seminar yakunida tashkilotlarning taklif va tavsiyalari o‘rganib chiqildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Yagona interaktiv davlat xizmatlari” portali orqali bojxona organlarining elektron deklaratsiyalash xizmatida o‘tkazilgan taxlillar natijalariga ko‘ra, joriy yilning 1 fevralidan 20 mayga qadar bojxona organlarining rasmiy veb-sayti orqali 124 ming 792 ta deklaratsiya rasmiylashtirilgan bo‘lsa, “Yagona interaktiv davlat xizmatlari” portali orqali 1 ming 109 ta deklaratsiya rasmiylashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq