Poyezdlarga onlayn chiptalar CLICK bilan!
08.06.2017
Rukn: Internet.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi yana bir ajoyib yangilikni mamnuniyat bilan vf’lum qiladi – “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ bilan hamkorlik ishga tushdi va CLICK tizimi orqali bevosita temir yo‘l kompaniyasining saytida chiptalarni xarid qilish imkoniyati joriy qilindi!

“O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ bilan ishga tushirilgan hamkorlik natijasida 3 milliondan ortiq CLICK foydalanuvchilarida milliy temir yo‘l tashuvchining chiptalarini onlayn tarzda xarid qilish imkoniyati muvaffaqiyatli o‘z yechimini topdi.

Temir yo‘l chiptalariga to‘lovni amalga oshirish jarayoni butunlay avtomatlashtirilgan va juda qulay. Buning sababi – yangi yechimlarni:  yo‘nalishlar va hatto joylarning qaysi biri bo‘shligini, yo‘lakcha yoki oynaga yaqin joylashganini tanlash imkonigacha, aynan shu paytdagi dolzarb ma’lumot va holatlar haqidagi axborotlarni yetkazib beradi. Bu esa o‘z o‘rnida, safarlarni rejalashtirishda va bevosita chipta xarid qilishda yo‘lovchilarga yaratilgan qo‘shimcha qulaylikdir.

Hozirgi kunga kelib, kompaniyaning yo‘lovchilarni tashish poyezdlari O‘zbekiston yirik shaharlarini va chegaradosh mamlakatlarni birlashtirib kelmoqda. Mamlakatamizda 30ta vokzal ishlab kelmoqda va shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston hududida 3.6 ming kilometrdan ziyod temir yo‘llar joriy qilingan. Davlatimiz viloyatlarining turizm va iqtisodiy imkoniyatlari rivojlangan sari yildan-yilga yo‘lovchilarni tashish sur’atlari o‘sib kelmoqda va zamonaviy AKT-yechimlarining  yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishdagi turli jarayonlarga tatbiq etilishi ikkala hamkor kompaniyalarning rivojlanishidagi yangi bir yo‘nalish bo‘lmoqda.

“Kompaniyamiz milliy yo‘lovchilarni tashuvchi – “O‘zbekiston Temir Yo‘llari” AJ bilan birgalikdagi hamkorlikdan va chiptalarni onlayn xarid qilish imkoniyati ishga tushganidan juda mamnun. O‘ylaymizki, bizning ko‘plab foydalanuvchilarimiz ushbu xizmatni qulay deb topishadi. Biz esa, erishilgan natijalarimizda to‘xtamay, foydalanuvchilarimiz uchun to‘lovlarni amalga oshirishdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga harakat qilamiz”, — deb ta’kidladi CLICK kompaniyasining Bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Xizmatlar “Info Zone” MChJ ishtirokida ko‘rsatiladi. Xizmat haqi chiptaning umumiy narxidan 2(%) foizni tashkil etadi.

Manba: press-reliz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq