«IT-Planeta 2016/17» xalqaro olimpiadasining final bosqichida Rossiya Federatsiyasi va MDH Davlatidan 340 nafar ishtirokchilari orasida Muhammad AL-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti talabasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
07.06.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«IT-Planeta 2016/17» Xalqaro olimpiadasi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi talabalar va yosh mutaxassislar uchun har yili tashkil etiladigan ta’lim loyihasi hisoblanib, Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlarida AKT sohasida ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti talabasi Muyassarov Feruz Norpulatovich O‘zbekiston Respublikasidan ishtirokchi sifatida qatnashdi va top 5 talikdan 4 o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Feruz 1994 yil Navoiy shahrida tug‘ilgan. Telekommunikatsiya fakultetida eng aktiv talaba va iste’dodli yoshlardan biri xisoblanib, o‘z ustida doimiy yangi izlanishlar olib boradi. Tarmoq texnologiyalari va ma’lumot uzatish tarmoqlari bo‘yicha bilimlarni olishga bo‘lgan qiziqishi yuqoriligi sababli Cisco sertifikatlarini qo‘lga kiritgan.

Feruz kabi talabalar kelajakda Respublikamizda axborot kommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashda, barpo etishda va boshqarishda o‘z bilimlari va tajribalari asosida o‘z hissasini qo‘shadi.

Feruzning «IT-Planeta» 2017 olimpiadada ishtiroki yurtimiz yoshlarining axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida qay darajada bilim olayotganligini ko‘rsatadi va bu kelajakda yurtimizda shu kabi talabalarni ortishiga zamin yaratadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq