“Informatika va axborot texnologiyalari fanidan” olimpiada g‘olibi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-son Akademik litsey o‘quvchisi
07.06.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan Akademik litsey va kasb hunar koledjlar o‘rtasida 2017 yil 31 may — 3 iyun kunlari umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika olimpiadasida “Informatika va axborot texnologiyalari fanidan” Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey o‘quvchisi Rahimov Abdurasul Dilshod o‘g‘li ikkinchi o‘rinni egalladi va Respublikadagi texnik yo‘nalishdagi universitetlarga imtixonsiz kirish uchun tavsiya etildi.

Abdurasul 1999 yili Toshkent shahrida tavallud topgan. Informatika dasturlash yo‘nalishlarida turli xil olimpiadalarda ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga bo‘lgan qiziqishi kelajakda ushbu yo‘nalishda bilim olish va yetuk mutaxassis bo‘lish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘qishni rejalashtirmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq