Sug’urta sohasida innovatsion g‘oyalar: EHTRM va “O‘zbekinvest” ekspertlari fikr uyg‘unligi
06.06.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2017-yil 6-iyunda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan navbatdagi sayyor “Haftalik kollegial seminar bo’lib o’tdi. Unda “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasida xo‘jalik boshqaruvi organlari AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlarining vakillari bilan birgalikda o‘tkazildi.

Seminarda “O‘zbekinvest” kompaniyasi “Sug‘urtada axborot texnologiyalari departamenti” menejeri Svetlana Grichuxinaning “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holati» mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, tadbirda Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bo‘yicha qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, seminar ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi ( “O‘zbekinvest” EIMSK ) umumiy sug‘urta bozorida o‘z faoliyatini olib boradi va sug‘urta faoliyati klassifikatoriga ko‘ra mavjud 17 turdagi sug‘urtaning barchasi bilan shug‘ullanadi.

Har chorakda, tashkilotda AKTning joriy etilishi va rivojlanishi bo‘yicha savolnoma to‘ldirib borilmoqda, shuningdek baholash natijalariga binoan uni yaxshilash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda, my.gov.uz portalida «O‘zbekinvest» EIMSKning 6 ta interaktiv xizmatlari joriy etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq