Nanotexnologiya atamalari bo‘yicha inglizcha-ruscha-o‘zbekcha izohli elektron lug‘at
06.06.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Hozirgi texnologiya asrida nanotexnologiyalar mahsulotlari ham omma hayotiga tobora kirib kelmoqda.

Demak, o‘zbek olimlarining ushbu ishlanmasini zamon talabiga mos va xos izlanish samarasi deb baholash mumkin. Nanotexnologiya atamalari bo‘yicha inglizcha-ruscha-o‘zbekcha izohli elektron lug‘at dasturi nanotexnologiyalarga oid atamalarning inglizcha-ruscha-o‘zbekcha izohini o‘z ichiga olgan bo‘lib, lug‘at 800 ga yaqin atamalardan tashkil topgan. Dastur atamalarni Microsoft Word dasturida tuzilgan elektron shaklidan o‘qigan holda o‘zining ichki strukturasiga joylashtiradi. Dastur atama va uning izohlarini ingliz, rus va o‘zbek tili bo‘yicha tartiblab chiqadi. Tartiblangan atamalarni dastur o‘zining xotirasiga saqlab olgan holda qidiruv algortimi orqali so‘zlarni ko‘rib chiqib ingliz, rus va o‘zbek tilidagi atamalarning joylari almashmaganligini aniqlaydi. Agar dastur atamalarning joylashishi bo‘yicha kamchiliklarni aniqlasa, o‘zgartirish kerakligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ekranda ko‘rsatadi. Ishlash jarayonida o‘zbekcha, ruscha va inglizcha atamalarni ko‘rish, atamalarning izohlarini o‘qish imkoniyati mavjud.

Ushbu dastur uchun M.Muxitdinov, X.Kulmatov, M.Muxitdinovalarga DGU 04342 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq