TATU qoshidagi “Elektron hukumat” markazida navbatdagi trening kursi tashkil etildi
05.06.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasida aholi va tadbirkorlik subyektlarining kompyuter savodxonligini oshirish, ularga davlat elektron xizmatlaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish orqali «Elektron hukumat» tizimi, uning mohiyati va vazifalari, aholiga taqdim etilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari va resurslari turlari, imkoniyatlari va afzalliklari borasidagi tushunchalarni keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Respublika hududlarida aholi va tadbirkorlik subyektlari xodimlarini kompyuter savodxonligini oshirish va ularga davlat elektron xizmatlaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish” loyihasi ishlab chiqilgan.

Loyihani amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida 2017 yilning 4 aprelida Qo‘shma qaror tasdiqlandi.

Mazkur Qo‘shma qaror ijrosiga muvofiq, 2017 yilning 1 mayidan boshlab o‘quv kurslarida dars beradigan o‘qituvchilar uchun maxsus o‘quv-trening kurslari tashkil qilinib kelinmoqda.

Ana shunday o‘quv-trening kursining navbatdagisi Toshkent viloyati O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tarkibidagi kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari uchun 2017 yilning 25-27 may kunlari TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazida tashkil etildi.

O‘quv-trening kursida dars mashg‘ulotlarini olib borish tajribali professor-o‘qituvchilar hamda sohaning malakali mutaxassislari jalb qilindi. Jumladan,

  • “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazidan – “Interaktiv xizmatlarning Yagona portalini rivojlantirish bo‘limi” boshlig‘i Umarov Jasur Majidovich, bosh mutaxassis Dautova Rumilya Sultanmaxamatovna;
  • UZINFOCOM markazidan – “O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhi” Axborot joylashtirish sektori boshlig‘i Isroilov Husniddan Ismailovich, ZiyoNETning Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi bo‘limi boshlig‘i Taylakov Ulugbek Norbekovich;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan – t.f.d., professor Yakubov Maksadxan Sultaniyazovich, dotsent Hamdamov O‘tkir Rahmatullayevich, o‘qituvchi Rajabov Sunnat Begmurotovich lar ma’ruza qildilar.

O‘quv-trening kursida ma’ruzachilar taqdim etilayotgan qulay mobil va onlayn to‘lov tizimlari, kommunal xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha onlayn xizmatlar, Elektron soliq xizmatlari, O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyatining railway.uz portali xizmatlari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining uzairways.com portali xizmatlari, Davlat bojxona qo‘mitasining customs.uz portali xizmatlaridan foydalanish usullari tushuntirildi.

O‘quv-trening kursi tinglovchilari tomonidan mavzu va sohaga oid yangiliklar, amalga oshirilayotgan loyihalar haqidagi ko‘plab savollarga atroflicha javoblar berildi. Kursda Toshkent viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilaridan 43 nafari ishtirok etib, malaka oshirdilar va trenerlik sertifikatlari bilan ta’minlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq