“Elektron hukumat” va bank tizimi hamkorligi
05.06.2017
Rukn: Internet.
Muallif: .

Bank tizimining jadal rivojlanishi davrimizning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Bank tizimida interaktiv xizmatlar, xususan, internet-banking, bank-moliya muassasalari va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarni yuqori pog‘onaga olib chiquvchi eng so‘nggi axborot dasturlari talaygina.

“Elektron hukumat” tizimi va bank tizimi o‘rtasidagi uzviy munosabatlarni muhokama etish maqsadida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda “Ipoteka” bankning Shayhontohur filiali bilan hamkorlikda “YaIDXP: qulayliklar, imkoniyatlar va samaradorlik” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirni “Ipoteka” bankining Shayhantohur filialining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha bosh apparati boshliq o‘rinbosari Nalibayev G‘. ochib berdi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining YaIDXP bo‘limini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i J.Umarov, Davlat boshqaruvi organlarining maxsus bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i A.Nosirovlar “Elektron hukumat” tizimini bank faoliyatidagi ahamiyati, uni ushbu tizimga tatbiq etish yo‘llari hamda elektron davlat xizmatlari haqida ma’lumot berib o‘tishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq