Yangi biometrik bank kartasi
03.06.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Mastercard kompaniyasi yuqori darajada xavfsizlikni ta’min­laydigan yangi bank kartasi ishlab chiqarilganligi haqida ma’lu­mot berdi.

Kartaga uning egasining biometrik identifikatsiya ma’lumotlari kiritilgan. Yangilikka EMV-chip va barmoq izini tanish texnologiyasi birlashtirilgan. Bu xarid qilish vaqtida uning egasiga qulay va xavfsiz usul bilan o‘z shaxsiy ma’lumotlarini saqlash imkonini beradi. Kartada barmoq izini tanish texnologiyasi qo‘llangan bo‘lib, bu usul hozirgi davrdayoq smartfondan to‘lovni amalga oshirish uchun foydalanilmoqda. Yangilikdan EMV-chipli kartani qabul qiluvchi har qanday POS-terminalda foydalanish mumkin. EMV — chipli bank kartalari operatsiyalari uchun xalqaro standartdir. U Europay, Mastercard va Visa kompaniyalari tomonidan moliyaviy operatsiyalar darajasini oshirish uchun ishlab chiqilgan. EMV standarti kartasi foydalanuvchisi uchun asosiy ustun­ligi — terminal orqali har qanday to‘lovni amalga oshirishda PIN-kodni kiritish talabidir.

Mastercard kartasi yangi avlodini olishda o‘z barmoq izini qayd etish zarur bo‘ladi. Shundan keyin barmoq izining shifrli raqamli namunasi tayyorlanadi va kartada saqlanadi. Biometrik karta tovar va xizmatlarga to‘lovni amalga oshirishda boshqa kartalar kabi amal qiladi. Savdo-servis nuqtalari mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifatini osongina ko‘tara oladilar, axir biometrik kartalar qo‘shimcha yangilanishsiz allaqachon o‘rnatilgan terminallarda ishlayveradi. Yangi kartalarning dastlabki sinovlari o‘tkazildi. Texnologiyani joriy yil mobaynida tijorat bozorlariga chiqarish rejalashrtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq