Robot-Robird lochin Kanada aeroportida qushlarni haydashga mo‘ljallangan
03.06.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Kananing Edmonton aeroporti yiliga 8 millionga yaqin insonga xizmat qilib, 168 000ta reysni amalga oshiradi.

Shu sababli ham parvoz xavfsizligini ta’minlash juda muhim bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, barcha aeroportlarda ham mavjud muammolardan biri qushlar bo‘lib hisoblanadi. Qushlar ko‘pincha parvoz qilayotgan samolyotlarga duch kelib, ularning dvigateliga kirib qoladi. Hozirgi paytda Kanada aeroportida qushlar paydo bo‘lishi bilan ular­ning shovqini kabi ovoz bilan xabar beradigan lazer va datchiklardan foydalanilmoqda. Biroq joriy yil iyun oyidan boshlab, aeroportda maxsus ishlab chiqilgan Robird nomli robot-lochin xizmat qila boshlaydi.

Bu aeroportda har kun foydalaniladigan mazkur texnologiya­ning dastlabkisi bo‘ladi, — xabar beriladi Robotics.ua manbasida. Bu Robird roboti dastlab Niderlandiyaning Tvente universitetida ishlab chiqilgan, biroq hozirgi vaqtda tijorat asosida Clear Flight Solutions kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yil­gan. Robot haqiqiy lochin kabi qanotlarini qoqib, parvoz qiladi. Uning parvoz tezligi soatiga 80 km.ni tashkil etadi. Robotning tashqi qiyofasi — qushlar uni haqiqiy yitqich qush-lochin sifatida qabul qiishlari va xavfni his etib, ushbu hududga boshqa yaqinlashmasliklari uchun aynan tabiatdagi lochinlarga qiyoslab ishlab chiqilgan.

Qurilma yerdagi operator tomonidan boshqariladi, biroq ishlab chiqaruvchilar uni to‘liq avtonom, qushlar turlarini mustaqil ajrata oladigan qilib ishlab chiqqanlar. «Hozirgi vaqtda Robird ustida ish olib borib, uni turli joylarga, jumladan, aeroportga kundalik asosda to‘liq mujassamlashtirish borasida ish olib bormoqdamiz, demak, hali qiladigan ishlarimiz juda ko‘p, — deydi Clear Flight Solutions kompaniyasi bosh direktori, Niko Niyenxyus. — Biz texnologiyamizni to‘liq sinovdan o‘tkazish uchun Kanadaning yirik aeroporti bilan hamkorlik qilishga tayyormiz».

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq