Qualcomm elektromobilning harakat davrida quvvat olish texnologiyasini namoyish etdi
03.06.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Qualcomm kompaniyasi avtomobilning harakatlanishi davrida quvvat olish imkoniyatini beradigan elektromobillar (Dynamic Electric Vehicle Charging; DEVC) dinamik zaryadka texnologiyasini namoyish etdi.

Texnologiya Qualcomm Halo ishlanmasi asosida yaratilgan bo‘lib, 20 kVt quvvat uzatish imkonini beradi. Namo­yish etish uchun Vedecom kompaniyasi tomonidan maxsus 100 metrlik trek qurildi. Shuningdek, Qualcomm ikki avtomobilni bir vaqtda, harakatlanish davrida quvvatlantira oldi.

Fabric deb atalgan loyiha doirasida Qualcomm sinovlarni davom ettirishi uchun Vedecom kompaniyasiga DEVC tizimini topshirdi. Testdan o‘tkazish jarayonida xavfsizlik, samaradorlik, mazkur texnologiya vositasida avtomobilni identifikatsiyasi, trekda peredatchik va avto priyomnigi hamda shu kabilar o‘rtasida quvvat darajasi imkoniyati baholanadi. Fabric loyihasi 2014-yilda ish boshlagandi, u joriy yil dekabr oyigacha davom etadi. Taxminiy narxi — 9 mln. yevro. Texnologiyaning tijoratga chiqarilishi haqida hozircha hech bir ma’lumot yo‘q.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq