Oddiy vilosipedni elektrik vilosipedga aylantiramiz
03.06.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Ko‘pchilik o‘z velosipedini elektrikka aylantirishni orzu qilgan. UrbanX startapi arzon va amaliy yechimlarni taqdim etadi.

Oddiy velosipedni elektrik vilosipedga aylantirish uchun bir necha g‘ildiraklarini almashtirishning o‘zi kifoya qiladi. UrbanX g‘ildiraklari aviatsiya alyuminiysidan ishlangan bo‘lib, ikki turli — 240 Vt.li UrbanX Eco va 350 Vt.li UrbanX Booster variantda taqdim etiladi. Mazkur g‘ildiraklari 140 kg.gacha yuk ko‘tara oladi, o‘z og‘irligi akkumulyatori bilan birga 7 kg.ni tashkil etadi. G‘ildiraklar 3500 mAG`ch akkumulyator bilan jihozlangan, shuningdek, zahira batareyalariga buyurtma berish ham mumkin. Har bir batareya gadjetlarini quvvatga boyitish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha USB portlariga ham ega.

Modulli Bluetooth qurilmasining g‘ildiraklari smartfoningizga, masalan: akkumulyator holati, tezligi, oralig‘i va sayohat vaqti… kabi turli axborotlarni uzata oladi. Shuningdek, smartfon orqali uch rejimdan birini tanlash mumkin.

Loyiha Kickstarterda ish boshladi. UrbanX Booster qurilmasi­ning taxminiy narxi $ 399, UrbanX Eco esa $ 299ni tashkil etadi. Dastlabki yetkazib berish 2017-yilning o‘rtalariga belgilangan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq