Grafendan egiluvchan displey
03.06.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Kelajakda egiluvchan ekranlarni ko‘rish oddiy holga aylanadi. Janubiy Koreya Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy-tadqiqot instituti (ETRI) dasturchilari jamoasi elektrod materiallari uchun grafenni qo‘llash hisobiga dastlabki egiluvchan OLED-paneli prototipini yaratishga muyassar bo‘ldilar.

Mexanik va elektrik grafen tavsiflarining muvofiqligi shundan iboratki, u zarur ko‘rsatkichlarga ega, biroq shu bilan birga, yetarli darajada elastik bo‘lib, sinib ketmaydi. Grafenning ommaviy ishlab chiqarilishi hozircha turli muammolar bilan bog‘liq, biroq bu sohada ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunday ekranlar qo‘llanilish sohasi doirasini tasavvur ham qi­lish qiyin, axir nazariy jihatdan ulardan hatto liboslarning elementi sifatida ham foydalanish mumkin. LG kompaniyasi grafenni egiluvchan OLED-displeylarini tayyorlash uchun istiqbolli mate­rial deb hisoblaydi. Muvofiq texnologiyalarni tayyorlash uchun 1,75 milliard dollar jamlanmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq